Drogbaning maydonga tushishi Kot-d`Ivuar uchun omadli bo'ldi
15 iyu 2014 08:38
Yangiliklar
Drogbaning maydonga tushishi Kot-d`Ivuar uchun omadli bo'ldi
Kot-d`Ivuar - Yaponiya bahsini osiyoliklar ancha faollik bilan boshlashdi. Dastlabki 20 daqiqalikda "samuraylar" o'zlarini faol harakatlari bilan afrikalik futbolchilarni ancha qiynab qo'yishni uddasidan chiqishdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasiga kelib, Keysuke Xondani jarima maydonchasi oldida yolg'iz qoldirgan Kot-d`Ivuar jamoasi jazolandi. Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi o'zining kuchli van aniq zarbasi evaziga Barri qo'riqlayotgan darvozani nishonga oldi, 0:1.
Bu goldan ruhlangan "samuraylar" yana olg'a intilishdi. Keysuke Xonda faollikni aslo tushirmadi. Bir vaziyatda, u raqib himoyachisini dog'da qoldirdi va darvoza tomon zarba berdi. Lekin to'p yo'liga yo'liga himoyachi to'qanoq bo'ldi.
Yaponiya yana bir vaziyatda hisobni oshirish imkoniyatini qo'ldan boy berdi. Uchidaning o'ng qanotdan uyushtirgan "reyd"i jamoasiga foyda keltirish mumki edi. Ammo Uchidaning so'nggi zarbasi himoyachi tomonidan bartaraf etildi.
Kot-d`Ivuarning ishlari u qadar yurishmayotgan pallada, yaponiyalik hujumchi o'z jarima maydonchasi oldida qo'pol o'ynadi. Xavfli nuqtadan jarima zarbasini Boka amalga oshirdi. Ammo uning kuchli tarzda tepgan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.
Birinchi bo'limda boshqa diqqatga sazovor vaziyatlar kuzatilmadi.
Ikkinchi taymni Kot-d`Ivuar jamoasi birinchi bo'limga nisbatan yaxshi boshladi.
58-daqiqada Yaya Ture bir necha futbolchini ortda qoldirib, jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotgan pallada himoyachi uni to'xtatib qoldi. Yaya Ture hakamga "penalti qani" deb murojaat qildi. Hakam esa bu erda hech qanday o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.
Ishi yurishmayotgan Kot-d`Ivuar, jarohati sabab o'yinni asosiy tarkibda boshlay olmagan Drogbani maydonga tashlashga majbur bo'ldi. Drogba maydonga tushganiga ikki daqiqa bo'lar-bo'lmas jamoasi hisobni qisqartirdi. Serji Orening o'ng qanotdan etkazib bergan to'pini Boni ajoyib tarzda darvozagi joyladi, 1:1!
Oradan hech qancha vaqt o'tmasdan Kot-d`Ivuar ikkinchi golni ham kiritdi. Tinib-tinchimas Serji Ore yana faollik ko'rsatdi va to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi. Bu safar bo' o'ljani Jervino kutib turgandi. "Roma" azosi ushbu vaziyatni ko'kka sovurmasdan, ajoyib harakat qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 2:1.
Dide Drogbani maydonga tushirilishi Kot-d`Ivuar jamoasiga ruhiy tarafdan yaxshi tasir etdi va Drogba jamoasi o'yiniga mazmun olib kirdi.
Ushbu goldan keyin aytarli vaziyatlar kuzatilmadi. Kot-d`Iuvar qolgan daqiqlarda yaxshi himoyalana oldi va raqibiga to'p kiritish imkonini burmadi. SHunday qilib, Drogba jamoasi mundialni g'alaba bilan boshaldi. Osiyoning ikkinchi vakili ham mag'lubiyatga uchradi. Kecha Avstraliya ham CHiliga imkoniyatni boy bergan edi.
Drogbani maydonga tushishi Kot-d`Ivuar uchun omadli keldi.
Jahon chempionati, "S" guruhi. 1-tur.
Kot-d`Ivuar - Yaponiya 2:1
Gollar: Xonda (17), Boni (64), Jervino (66)
Kot-d`Ivuar: Barri, Boka (Jakpa, 75), Zokora, Kalu, Tiote, Jervino, Boni (Konan, 77), Ore, Yaya Ture, Serey (Drogba, 62), Bamba.
Yaponiya:
Kavashima,Uchida, Xonda, Nagatomo, Morishige, Okazaki, Kagava (Kakitani,
86), Yamaguchi, Xasebe (Endo, 54), Osako (Okubo, 67), Yoshida.
Ogohlantirishlar: Yoshida (23), Bamba (54), Zokora (58), Morishige (63).
# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | Kolumbiya | 1 | 1 | 0 | 0 | 3 - 0 | 3 | 3 |
2 | Kot-D'Ivuar | 1 | 1 | 0 | 0 | 2 - 1 | 1 | 3 |
3 | Yaponiya | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 - 2 | -1 | 0 |
4 | Greciya | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 - 3 | -3 | 0 |
SHahboz Beg'amov
Fikrlar