So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  3 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Dmitriy Kim: "Masharipov va Sergeevlar yana chiqadimi? Bunday iqtidorlarni bolalikdan tayyorlash kerak" Yangiliklar

Dmitriy Kim: "Masharipov va Sergeevlar yana chiqadimi? Bunday iqtidorlarni bolalikdan tayyorlash kerak"

Birinchi liganing beshinchi turidan o'rin olgan "Neftgazmontaj" - "CHig'atoy" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiy, taniqli Dmitriy Kim fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ha, g'alaba qozondik. Futbolchilarim ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Rejalarimiz amalga oshdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Umuman olganda bugun asabiy va jangovar o'yin guvohi bo'ldik. Maydonda so'nggi daqiqalarga qadar kurash kechdi.  "Neftgazmontaj" hali mag'lubiyatga uchramagan edi. Ular bizga etarlicha qarshilik ko'rsata olishdi. Raqib jamoada xarakter borligini ko'rdim. 

Mavsum boshida o'yinimiz qovushmagani rost. CHunki jamoada futbolchilar yosh. O'zaro chiqishib ketish uchun vaqt kerak. O'yindan o'yinga hammasi joyiga tushib boryapti. Futbolchilarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchi ham ortmoqda. SHu bois o'yinimizda ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanyapti".

Ushbu mutaxassis o'z vaqtida "Paxtakor"dagi faoliyati orqali futbolimizga Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov kabi yulduzlarni etishtirib bergan. Xo'sh, bunday individual kuchli futbolchilar yana chiqadimi? Bu savolga Dmitriy Kim quyidagicha javob berdi. 

"Ha, texnik tomondan kuchli o'yinchilarimiz bor. Masharipov va Sergeevga o'xshgan iqtidorlarni bolalikdan tayyorlab borish kerak. Yuqori darajaga chiqish uchun o'z ustida ko'proq ishlashlari lozim. Kelajakka umid bor. Raqibni aldashlariga qanday qarayman? Qanday qaror chiqarish o'yinchining o'ziga bog'liq. Aldaydigan joyda aldash kerak. Pas beradigan paytda pas berish lozim",- deydi Dmitriy Kim. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика