So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  7 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

Diyor Mirzaboev: "Tarkibimizda ikki hujumchi bor xolos, darvozabonimiz ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi" Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: "Tarkibimizda ikki hujumchi bor xolos, darvozabonimiz ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi"

"Andijon" - "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar katta murabbiyi Diyor Mirzaboev ishtirok etdi:




"Uchrashuv haqida nima deyish mumkin? "Bunyodkor" o'yinni nazorat qildi. Yigitlarimizga shijoat etishmadi. Raqib bir kishi kam bo'lib qolgan bo'lishiga qaramay, hujumlarga ega bo'ldi. Futbolchilarimizda nega shijoat kamligini ertaga o'yinni tahlil qilib, keyin xulosa qilamiz. Bizda ham golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi. Ibeda bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. Gol urib olganimizda o'yin boshqacha kechishi mumkin edi. Nigeriyalik hujumchi qolganlardan oldinda yaxshiroq harakat qilayotgani uchun uni tushiryapmiz.

- Usmonovning saviyasi jamoaga mos kelmapti. Nima sababdan u doim maydonga tushmoqda?

- Tarkibimizda u bilan Litvyakov bor xolos. SHuning uchun maydonga tushirishga majburmiz. Hozircha imkoniyatimizdagi bor futbolchilardan foydalanyapmiz.

- "Bunyodkor" 10 kishi qoldi. "Andijon" bir ochko oldimi?

- Raqib 10 kishi bo'lib ham hujumlarni tindirmadi. SHu sababli, bir ochkoni qo'lga kiritdik deb o'ylayman.

- Bekmuratovga nima deb ko'rsatma berdingiz?

- Bir kishi ko'p bo'lib qolganimizdan keyin uni yonimga chaqirib sal oldiroqqa chiqib o'ynashimiz kerakligini ko'rsatdim. Jizzaxda ham uchta markaziy himoyachi bilan o'ynagan edik. Tarkibda bir kishi ko'p bo'lib o'ynayotganimizda Farhodga himoyaga yotib olmasdan oldinroqqa chiqishni ko'rsatma berdim.

- "Metallurg" bilan o'yindan keyin boshqa darvozabon o'ynay boshladi.

- Aslan Ahrorov debyutini bu yil o'tkazdi. U yosh darvozabon. Ruhiy tushkullikka tushib qolgandi. Darvozabonlar murabbiyimizning ko'rsatmasi sababli, Abdullaevga imkoniyat berdi. SHu sababli, Islomga imkoniyat berishga qaror qildik. O'ylaymanki, Islom o'tgan turda ham, bugun ham yomon o'ynamadi. Darvozabonimiz o'zini bugun ko'rsata oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика