So’nggi yangiliklar

22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  6 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  1 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  39 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  55 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  2 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  2 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   6 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  3 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0

Diyor Mirzaboev: "Futbolchilarimizning ko'zida ishtiyoq ko'rinmadi" Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: "Futbolchilarimizning ko'zida ishtiyoq ko'rinmadi"

9-tur doirasida bo'lib o'tgan “Andijon” hamda “Surxon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Andijon” jamoasi katta murabbiyi Diyorbek Mirzaboev ishtirok etdi.




"Birinchi bo'lim to'liq “Surxon” jamoasi ustunligida o'tdi. Ikkinchi bo'limda himoyachimiz chetlashtirildi. Bir narsaga tushunmadim, yoki birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborsak yoki bir kishi kam bo'lib o'ynasak jamoa yaxshi o'ynaydi shekilli. Biz murabbiylarning aybimi yoki boshqa sababmi futbolchilarda ishtiyoq ko'rinmadi, ularni ko'zi yonmadi. “Surxon” jamoasini adolatli g'alaba bilan tabriklayman",- deya gap boshladi Diyor Mirzaboev.

- “Andijon” nima uchun o'z maydonida besh nafar himoyachi bilan o'ynadi?

- Bu savolni bosh murabbiyga berishimiz kerak. Hozirgi kundagi holatimizdan kelib chiqib himoyaviy o'yin ko'rsatyapmiz. CHunki, ikkita markaziy himoyachi bilan o'ynasak raqiblar ko'proq hujum uyushtirmoqda. SHuni oldini olgan holda, himoyaviy o'yin namoyish etyapmiz.

- Kumikovning ishi qachon hal bo'ladi?

- Bu savolni rahbariyatga berish kerak.

- Jamoaning g'alabasiz seriyasi salbiy tasir ko'rsatmayaptimi?

- Yuta olmagan bo'lsakda, so'nggi uchta uchrashuvni durang o'ynadik. Yigitlarni kayfiyatlari yaxshi edi, muhit ham yaxshi edi. Ushbu o'yinga tayyorgarlikni ko'ngildagidek ko'rgandik.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика