So’nggi yangiliklar

22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  0 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  0 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  8 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  5 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  49 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4

Diskvalifikaciya qilingan futbolchi kelishilgan o'yinlarda qatnashmaganini aytdi Yangiliklar

Diskvalifikaciya qilingan futbolchi kelishilgan o'yinlarda qatnashmaganini aytdi

Kuni kecha saytimizda "Banladesh Footbal Live" kanali tarqatgan xabar elon qilindi.

Unda Bangladeshda faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimizdan biri kelishilgan o'yinlarda qatnashgani uchun 2 yilga diskvalifikaciya qilingani aytilgan. Voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Saiddoston Fozilovning o'zi bilan bog'landik.

— Ayni paytda qaerdasiz, transfer huquqingiz qaysi jamoaga tegishli?

— Hozir Buxorodaman. 7 avgust kuni qaytgandik Bangladeshdan. Hozircha erkin agent bo'lib turibman.

— Futboldan 2 yilga chetlatilganingiz to'g'risidagi xabarni qachon eshitdingiz?

— Championat.asia nashrida chiqishidan avvalgi kun kechki payt. O'qib, hayron qoldim. Darhol Banladesh futbol federaciyasiga apellyaciya berdim, FIFAga murojaat yubordim. 

— Bangladesh saytlari bunaqa xabar chiqarishi uchun asos bormi?

— Yo'q. Ular men bilmagan holatda hamma joyga tarqatib yuborishdi. Hech kimning qo'lida isbot yo'q. SHuningdek, Championat.asia'dan ham xafa bo'ldim. 

— CA o'z vazifani bajaryapti. Nega etiroz bildiryapsiz?

— Men Bangladesh nashrlari, federaciyasidan nega bunday bo'lganiga javob olishga harakat qilyapman. O'zimizda Championat.asia'da rasmlarim, ismim bilan chiqib ketdi. Bu nashrni barcha yaqinlarim o'qiydi. SHu tufayli ko'rib, shokka tushib qoldim.

— U erda totalizator mavzusi bo'lganmi?

— Ha. Biz Bangladeshda ekanimizda chaqirib, suhbatlashishgan edi. Ular futbolchilar aybsizligini, gap klub rahbariyatida ekanini bilishardi.

— Unda nega o'yinchilar jazolanyapti?

— Rahbariyatni ayblash uchun hech qanaqa isbot topa olishmay, barcha aybni 4 himoyachi va darvozabonga qo'yib yuborishgan. Menda isbotlar etarlicha. Buni Bangladesh federaciyasiga ham, FIFAga ham ko'rsatib, o'zimni oqlay olaman.

— Bu hali yakun emasmi?

— Yo'q, men o'zimni oqlayman. Bangladesh nashrlari tarqatgan xabar rasmiy emas. Hali hech kimning pochtasiga xat yuborilmagan.

— Saiddoston, 2019 yil Pro liga vakili "Zarangari" (G'ijduvon) jamoasidagi o'yinlaringizni stadiondan kuzatganman. O'sha jamoa ham totalizator tufayli ligadan chetlatilgandi. U ishda aloqangiz bo'lmaganmi?

— Yo'q. "Zarangari"dagi voqealarda futbolchilarning aloqasi yo'qligi tasdiqlangan, klub yopilgan edi. Bu siz ishlaydigan saytda ham chiqqan.

— Tushunarli. Agar qo'shimcha gaplaringiz bo'lsa, marhamat.

— Himoyachi bo'lishimga qaramay, "Baridxara"da to'purarlardan biri edim. 4ta gol urib, assist ham berganman. Aytganimdek, o'zimni oqlayman hali. Championat.asia'dan ham xafaman. O'sha xabarni kim yozgan? Sudga beraman. Hech qanday isboti bo'lmay turib, meni totalizator o'ynaganga chiqarishdi. Hozir emagan somsamga pul to'lab o'tiribman...

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика