So’nggi yangiliklar

00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  14 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

"Dinamo": Naumov, Xoliqov, Haydarov, Bobojonov keldi Yangiliklar

"Dinamo": Naumov, Xoliqov, Haydarov, Bobojonov keldi

Teglar :  Dinamo
O'zbekiston Kubogi va Birinchi Liga uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi Samarqanddagi qarorgohda yangi mavsumga hozirlik ko'rmoqda.

Mahalliy murabbiy Uchqun Qobilov qo'l ostida o'tayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda yangi futbolchilar ham tayyorgarlikka zo'r berishgan.

Jumladan, jamoa tarkibida mahalliy futbolchilardan Akmal Bozorov, Komil SHarofutdinov, Jasur Azimov, Firdavs Abdusalimov, Islom SHaripov, Bunyod Isroilov, Omad Tayloqov, Laziz Nuriddinov, Mirkomil Lokaev, Rustam Toshturdiev, Jonibek Ko'chimov va yana bir qator yosh futbolchilarni ko'rish mumkin.

SHuningdek, Dinamo safida 2013-2014 yillarda to'p surgan Azamat Bobojonov ham yana sobiq klubi safiga qaytdi. Qoraqalpog'istonlik 28 yoshli yarimhimoyachi o'tgan mavsumni Navbahor safida o'tkazgandi.

O'tgan mavsumda Navoiyning Qizilqum klubi sharafini himoya qilgan tajribali hujumchi Alisher Xoliqov ham Dinamo tarkibiga kelib qo'shilgan. 2010 yilgi Oliy Liganing eng yaxshi to'purari jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Jamoa yig'inida bo'lgan yana bir futbolchi Farrux Haydarov ham Dinamoga Navoiyning Qizilqum klubidan kelib qo'shildi.

Mashal, Nasaf, So'g'diyona jamoalaridagi o'yinlari bilan tanilgan tajribali darvozabon Mixail Naumov ham ayni damda jamoa bilan birga. O'tgan mavsumni Oqtepa klubi safida o'tkazgan posbon yangi mavsum oldidan Dinamo safida ko'rikdan o'tmoqda.

Joriy mavsumdayoq Oliy Ligaga qaytishni maqsad qilgan Dinamo klubi hozirda yana bir qator futbolchilar bilan muzokara o'tkazmoqda. Jamoa azolari yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tishgach, nazorat uchrashuvlariga kirishishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика