So’nggi yangiliklar

22:08U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  4 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  2 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   1 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  2 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2 19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   2 18:40Карвонларга посбон бўлган сарбон билан Париж сари борамиз  5 18:25"Атлетико" Облакни сотишга тайёр  4 17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  6 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  5 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  3 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  10 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  11

“Dinamo” gruziyalik Anton Tolordava bilan shartnomani bekor qilgani uchun tovon puli to'laydi Yangiliklar

“Dinamo” gruziyalik Anton Tolordava bilan shartnomani bekor qilgani uchun tovon puli to'laydi

Teglar :  Dinamo Samarqand
Yangi mavsum oldidan Samarqandning “Dinamo” klubi tarkibiga gruziyalik himoyachi Anton Tolordavani taklif etgandi.

Futbolchini dastlab ko'rikka chaqirmoqchi bo'lgan “Dinamo” futbolchi kelishidan avval unga tuziladigan shartnomani yuboradi. Futbolchi esa o'z navbatida mazkur shartnomani imzolaydi. 

So'ngra futbolchi O'zbekistonga keldi va 2024 yil 4 yanvar kuni “Dinamo” gruziyalik markaziy himoyachi Anton Tolordava bilan bir yillik shartnoma imzolaganini elon ham qilgandi. Keyinroq bu xabar klub ijtimoiy tarmoqlaridan negadir o'chib ketgan. 

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida 8 yanvarda “Dinamo” Toshkentda nazorat uchrashuvi o'tkazdi va “Lokomotiv” yoshlar tarkibiga qarshi kechgan o'yinda Anton Tolordava maydonga tushadi. Ammo u ko'rsatgan o'yin Samarqand jamoasi murabbiylar shtabiga yoqmaydi. “Dinamo” 17-29 yanvar kunlari Abu Dabi shahrida yig'in o'tkazadi va mazkur yig'inga ketish oldidan harakatlari bosh murabbiyga maqul kelmagan futbolchiga javob berib yuboriladi. 

“Dinamo” vakillari futbolchiga dastlab unga yuborilgan shartnomada klubning muhri va rahbari imzosi bo'lmaganini va shu sababli o'sha shartnoma hech qanday kuchga ega emasligini bildirishadi. Futbolchi esa faqatgina ko'rikka chaqirish niyati bo'lsa, klub unga nega shartnomani ham jo'natganini, qolaversa shartnoma klub tomonidan futbolchiga taqdim etildimi, demak u rasmiy kuchga ega bo'lishini bildirib, norozi holda FIFAga murojaat qiladi. 

21 mart kuni FIFA Nizolarni hal qilish palatasi gruziyalik futbolchi Anton Tolordava hamda “Dinamo” jamoasi o'rtasidagi ish yuzasidan qaror chiqardi. Qarorga asosan klub futbolchiga shartnoma bir tomonlama assosiz bekor qilingani uchun 22 ming AQSH dollari to'lashi lozim. Qaror klubga etkazilgan kundan boshlab 45 kun ichida uning ijrosi taminlashi lozim. Yo'qsa klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda transfer taqiqi belgilanadi. 

Yodingizda bo'lsa, “Nasaf”da ham xuddi shunday holat yuz bergan va klubning noprofessional ish tutishi natijasi Qashqadaryo klubiga 100 ming dollarga  tushgandi. Umuman maydonga tushmay tovon puli olgan futbolchi Abdelae Diakite edi. “Nasaf” 2020 yilgi mavsumga tayyorgarlikni Antalyada o'tkazgan. Turkiya yig'inida franciyalik Abdelae Diakite ko'rikdan o'tgan. Diakite murabbiylar shtabiga maqul kelmagan va unga javob berib yuborilgan. Biroq futbolchi o'zbek klubining ustidan FIFAga arz qilgan. Antalyada “Nasaf” vakillari Diakitega 1 yillik shartnoma taklif etishgan. Ammo, malum muddatdan keyin bitim bir tomonlama bekor qilinganini aytib, uni ketkazib yuborishgan. Diakite esa FIFAga arz qilgan. Natijada klub Abdelaening hisob raqamiga 100 ming dollar atrofida mablag' o'tkazib berishi shart, deb topilgandi. Oxir-oqibat “Nasaf” klubi vakillari Abdelae Diakite bilan tinchlik bitimi imzolab, uni pulni bo'lib to'lashga rozi qilishgandi. O'zbekistonga xatto qadami etmagan futbolchi, klubdagi noprofessionallar tufayli juda katta miqdorda tovon olgandi. 

Endi xuddi shunday ish “Dinamo”da ham takrorlanmoqda.

Reyting: -3   

Fikrlar

+2   
11 apr 20:53:33
Soccerland777
Самарқандда тўйларда пуллар пачкалаб сочилади... )) Хеч ҳайрон қоларли жойи йўқ...
+1   
11 apr 20:41:54
FREND UZBEKISTAN
Pul yuvishga o'xshayabdi tekshirish kerak. O'zi shunaqa holatlarga kim javob beradi? Javobgar bo'lmagani uchun takrorlan!veradi
+1   
11 apr 19:59:55
Zohidjon Usarov
Армани бор жойда булиб туради.
+1   
11 apr 19:29:15
bekbarsa
харп америкадаям харп
   
11 apr 23:06:10
Odilbek77
Ahmoqlar, bir tiyinga qimmat oʻyinchi uchun tovon puli ham toʻlashadi. Oʻyinini koʻrib olib, keyin shartnoma tuzilmaydimi.
   
11 apr 21:39:26
azamlawer
Юристларсиз ишлайдими дейманда бизни клублар
   
11 apr 20:34:58
Bulungur1
Ўйинни зўрини қилишипти
   
11 apr 20:34:15
Bulungur1
Зўр ўйин бўганга ўхшайди.
   
11 apr 19:59:49
user
Kistasidan to'lamaydi, aksar klublar o'zi pul topib o'zini-o'zi taminlamaydi, keyin pulni hohlaganday sarflayveradida tualet bumagasigayam yonidan harajat qilmaganidan keyin.
   
11 apr 19:59:30
project A интересные истории
BU NARSA AFSUSKI FAQAT KLUBLARIMIZDA EMAS AHOLIMIZNI 80% SHUNAQA KONGILCHANG VA MASULIYATSIZ ISH KORADI FAQAT MEHR OQIBATGA TAYANIB QOLISHGAN. CHET ELLIKLAR UNAQA FIKRLAMIDI BITTA XATOYINI MAXIMAL QIB CHIQAZVOLADI FOYDALANIB
   
11 apr 19:53:41
dessi anvar
фирибгарлик , келишилган
   
11 apr 19:50:22
Ali7279
Футбол биз учун узи нимага керак
   
11 apr 19:50:20
Бафо Нарзуллаев
Футбол клубларида аксарият илгари футбол уйнаган..бошига куп туп текканидан булса керак ,яхши ишламайдиганлар ишлаши окибати бу..бир яхши мутахассис шартномалар билан ишлайдиган юриста пул аяш окибати бу..
   
11 apr 19:48:46
Азик Asian
Бизни футболда бу одатий холку. Бу ростдан хам пул ювишнинг янги йулимикин.
   
11 apr 19:26:20
Akbar Hamidov
Bu oʻzbek klublari uchun pul yuvishni yangi usuli shakl
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика