So’nggi yangiliklar

19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  2 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  9 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  18 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  36 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1

Dilyaver Vaniev: “Ushbu mag'lubiyatni bo'ynimga olaman” Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: “Ushbu mag'lubiyatni bo'ynimga olaman”

“SHo'rtan” – “Mashal” (1:0) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida muborakliklar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev ishtirok etdi.





- O'yin haqida gapirsam, raqib darvozasi oldida bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldik, afsuski, ulardan foydalana olmadik. “SHo'rtan” esa bitta vaziyatni yaratdi va bundan gol urib ketdi. Futbolda shunaqa holat uchrab turadi. Ushbu mag'lubiyatni bo'ynimga olaman. Futbolchilarga hech qanday etirozim yo'q. 

- Jamoangiz chap qanotdan hujum tashkil qilishda qiyinchilikga duch keldi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Aynan shu qanotldan biz bir qator hujumlar tashkil qildik. Qiyinchilikga duch kelganimiz yo'q. Nafaqat ikki qanotdan, shu bilan birgalikda markazdan ham ko'plab hujumlarni tashkil qildik. Futbolda bitta vaziyat bo'lishi ham mumkin. Futbolchilar esa bundan foydalanish kerak.

- Oxirgi vaqtlarda “SHo'rtan” jamoasi “Mashal” uchun noqulay raqibga aylanayotgandek...

- Qaysidir manoda ha. “SHo'rtan” noqulay raqib desa ham bo'ladi. Pro ligada ko'proq yugurish va harakat qilish kerak. Ushbu jamoaga qarshi uyda va safardagi bahslarda ham imkoniyatlarga ega bo'lsakda, foydalanishda omadimiz kelmayapti. 

- Xudoyor Sagdullaevning o'yiniga qanday baho berasiz?

- U hali to'liq imkoniyatlarini ko'rsagani yo'q. Ammo, u ko'p narsaga qodir futbolchi. 

- Cakaev aslida jamoada qanday vazifani bajaradi?

- Jamoa akademiyasi direktori. SHuningdek, maslahatchi murabbiy sifatida yordamlashadi. Uning katta tajribasi bor.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика