So’nggi yangiliklar

16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  16 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9

Dilshod Rahmatov qura haqida: "Avstraliya biz uchun syurpriz raqib hisoblanadi" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov qura haqida: "Avstraliya biz uchun syurpriz raqib hisoblanadi"

Bir necha soat oldin futzal bo'yicha 2024 yilgi Osiyo Kubogiga qura tashlandi.

Qura natijalariga ko'ra, vakillarimiz Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya bilan bir guruhdan joy oldi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov terma jamoamiz etakchisi Dilshod Rahmatovning fikrlari bilan qiziqdi. 

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogiga qura tashlandi: O'zbekiston guruhda Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya bilan to'qnash keladi!

- Qura natijalari haqida dastlabki fikrlaringiz qanday? Avval qanday taxmin qilgan edingiz?

- Qurada kuchli raqiblar ro'baro' keldi. SHaxsan o'zim Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya tushishini taxmin qilgan edim. Biroz adashdim. 3 xil o'yin uslubiga ega bo'lgan terma jamoalar guruhimizga tushdi. Osiyo Kubogiga engil jamoalar chiqmaydi. Natijalarga ham etibor beradigan bo'lsak, o'tgan musobaqada Yaponiyani faqat Saudiya Arabistoni taslim qila olgan. "Barselona"dan taklif qilingan murabbiy Andreu Plaza faoliyat olib bormoqda. Iroq biz uchun begona emas. Osiyo Kubogiga saralash bosqichida Iroq bilan o'ynadik va ular haqida etarlicha malumotga egamiz. Juda qiyin g'alabaga erishgandik. Avstraliya bilan oxirgi marotaba 2010 yil Toshkentda o'tgan Osiyo Kubogida to'qnash kelganmiz. Oradan ancha vaqt o'tdi. Osiyoda futzal rivojalanayotganini hisobga olsak, aynan Avstraliya biz uchun syurpriz raqib hisoblanadi. Musobaqaning birinchi o'yini bo'lgani uchun ham ular bilan o'yin muhim. Startda ishonchli g'alabaga erishish keyingi o'yinlarga ko'tarinkilik beradi. 

- Osiyo Kubogida terma jamoamizda bosim bo'lmaydi, chunki mundial mezbonimiz. Mana shu faktorlar turnirda uzoqroqqa borishimizda yordam beradimi?

- To'g'ri aytdingiz. Agarda Osiyo Kubogiga mundial mezbonimiz, deb borsak "ko'zimizni ochib qo'yishadi". Bu fikrni xayolimizdan chiqarib tashlashimiz kerak. Biz Osiyo chempioni bo'lmaganmiz. Osiyoda bronza, kumush medallarini olganmiz. SHuning o'zi katta motivaciya bo'lishi kerak. Jahon chempionati O'zbekistonga berilgach dunyo hamjamiyatining etibori oshgan. Buni bekorga qabul qilmaganimizni isbotlashimiz lozim. Terma jamoamizda xorijlik kuchli murabbiyi, fizioterapevtlari ishlayapti. Bularning barchasi futzalimiz rivojiga katta hissa qo'shmoqda. O'ylaymanki, musobaqagacha o'yinimiz shakllanib boradi.  

- Saudiya Arabistonida futbol rivojlanayotgani yaqqol ko'rinib turibdi. Avstraliya va Iroq haqida ham fikrimiz shunday. Bu mamlakatlarning Futzal terma jamoalari qanchalik jiddiy raqibga aylangan?

- Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Baxrayn, Kuvayt terma jamoalari kuchli mutaxassislarni jalb qilyapti. SHuning evaziga ularning bir nechtasi musobaqaga yo'llanma olgan. 

- Xose Venansio Lopes qanday taassurot qoldirmoqda?

- Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri Xose Venansio Lopes taklif qilinishini eshitganimda juda xursand bo'lgan edim. Nafaqat mashg'ulot, balki tashqarida ham tartib-intizomga qatiy amal qiladi. Xatolarimizni batafsil tushuntirib beradi. Kuchli mutaxassis. Bu murabbiy bilan mehnatlarimizni Osiyoda Kubogida, Jahon chempionatida ko'rsatamiz. Fizioterapevtimiz 2015-2016 yil biz bilan birga ishlagandi. O'z ishining professionali. U kelganidan so'ng jarohati bor futzalchilar o'zgarish sezishdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика