Futzal bo'yicha Osiyo Kubogiga qur'a tashlandi: O'zbekiston guruhda Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya bilan to'qnash keladi!

Sherzod Nurmatov
14 dek 2023, 12:23
Kelasi yilning 17 aprelidan 28 apreliga qadar Tailandda futzal bo'yicha Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqa uchun qur'a tashlash marosimi o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhidan joy oldi. Raqiblar – Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya.

Musobaqadagi eng yaxshi 4 ta jamoa (O'zbekiston termasidan tashqari) O'zbekiston mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga yo'llanma oladi. 

"A" guruhi

1. Tailand

2. Vetnam

3. Myanma

4. Xitoy


"B" guruhi

1. O'zbekiston

2. Saudiya Arabistoni

3. Iroq

4. Avstraliya 


"C" guruhi

1. Yaponiya

2. Tojikiston

3. Koreya Respublikasi

4. Qirg'iz Respublikasi 


"D" guruhi

1. Eron

2. Kuvayt

3. Bahrayn

4. Afg'oniston 


Qur'a oldidan savatchalar holati:

1-savatcha: 

Tailand

Yaponiya

Eron

O'zbekiston


2-savatcha:

Tojikiston

Kuvayt

Vetnam

Saudiya Arabistoni


3-savatcha:

Iroq

Bahrayn

Koreya Respublikasi

Myanma


4-savatcha:

Afg'oniston

Qirg'iz Respublikasi

Avstraliya

Xitoy


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia