Diego Forlan: "Atletiko"da CHempionlar Ligasini yutish uchun imkoniyat bor"
07 apr 2020 11:30
Yangiliklar
Diego Forlan: "Atletiko"da CHempionlar Ligasini yutish uchun imkoniyat bor"
"Atletiko" sobiq forvardi Diego Forlan Madrid klubini CHempionlar Ligasining joriy mavsumini yutishga qodir deya hisoblaydi.
"Atletiko"da CHempionlar Ligasini yutish uchun imkoniyat bor. Buni "Liverpul" mag'lub etilgani uchun aytamayapman, ular kuchli raqibni musobaqadan chiqarib yuborishdi va keyingi bosqichga yo'l olishdi.
O'ylashimcha, "Atletiko"ning tarkibini hisobga olsak, ular doimo CHempionlar Ligasini yutishga qodir bo'lganlar", - deydi Forlan.
Diego Forlan 2007-2011 yillar davomida "Atletiko" sharafini himoya qilgan va jamoa safida 172ta o'yinda maydonga tushib, 85ta gol va 14ta assist qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" CHL 1/8 final doirasida "Liverpul" (4:2)ni mag'lubiyatga uchratgan holda keyingi bosqichga yo'l olishgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar