Desham Grizmanning terma jamoaga foydasi haqida gapirdi

21 noya 2018, 20:56
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Dasham “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizman haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Grizmann ajoyib futbolchi. U terma jamoa uchun shu qadar katta kuch baxsh etadiki, uni boshqalar bilan taqqoslab bo'lmaydi. U doim jamoaviy natija uchun harakat qiladi. U Gollandiyaga qarshi bahsda ham bor kuchi va imkoniyatini ishga soldi. Urugvay bilan ham u Olive Jiruga gol urishga yordam berdi va penalti tepishni ham unga qoldirdi. Bu terma jamoamizda jamoaviy ahillik kuchayib borayotganidan darak beradi”, deya Deshamning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com