Desham Benzemani kechirmaydi
16 jan 2021 23:15
Yangiliklar


Desham Benzemani kechirmaydi
Franciya terma jamoasining bosh murabiyi Dide Desham Karim Benzemaning ayblovlarini hech qachon unutmasligini takidladi.
"Real" forvardi 2015 yilning noyabrida Mate Valbuena bilan sodir bo'lgan mojarodan keyin terma jamoadan chaqiruv olmay qo'ygan. O'shanda u sobiq jamoadoshini intim videolavha bilan "shantaj" qilishda ayblangan edi. Benzemaning o'zi esa Desham uni irqchilik sababli terma jamoaga jalb qilmasligini aytgan.
— Bu voqeani unutish qiyin, — Deshamning so'zlarini keltiradi "Football Espana". — Vaqt o'tishi bilan bazilar unutishi mumkin, ammo mening esimda qoladi.
Tarkib tanlash, taktika va texnik jihatlar haqida gap ketsa, murabbiyning tanqidga uchrashi odatiy hol. Ammo u chegarani buzdi. Bu men va oilamga tasir qildigan nomaqbul holatdir. Uning so'zlari og'zaki va jismoniy tajovuzga olib kelishi mumkin. Buni hech qachon unutmayman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar