So’nggi yangiliklar

22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  5 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10

Derdiyokning ketishi "Paxtakor"ga qimmatga tushadi! Yangiliklar

Derdiyokning ketishi "Paxtakor"ga qimmatga tushadi!

Superliganing 10-turi doirasidagi "So'g'diyona" bilan o'yindan keyin "sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistra shartnoma bilan bog'liq muammo bo'lgani tufayli Eren Derdiyok jamoani tark etgani haqida aytdi.

Umuman olganda, oxirgi haftada shveycariyalik forvardning maoshi juda ko'p muhokama qilindi. O'zim ham uning bitta goli Toshkent klubi uchun 149 ming evroga tushayotgani haqida yozgandim.

Eren Derdiyokning bitta goli necha pul turadi? Uning "Paxtakor"dagi bir kunichi?

SHundan keyin saytimizda so'rovnoma o'tkazildi. Unda muxlislarning aksar qismi "Yaxshi bo'ldi, shuncha pul olib foydasi tegmayotgandi", degan qarorga kelgan.  Bu qanchalik to'g'ri? Quyida shu haqda.

SHartnoma borasida klub uchun muammo paydo bo'lgan esa, taxmin qilish mumkinki, Eren hamkorlik bitimini bir tomonlama buzgan. 

Xabaringiz bor, mavsum avvalida "Paxtakor" futbolchilariga bir necha oylik maosh to'lanmayotgani to'g'risida xabarlar tarqalgandi. Bu rost bo'lsa, Derdiyokda klub bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqi paydo bo'ladi va klub aybdor deb topiladi. FIFA qoidalariga ko'ra, ikki oy muddat davomida oylik to'lanmagan taqdirda futbolchi o'rtadagi shartnomani buzib ketsa, o'yinchi haq deb topiladi. Biz bu borada xalqaro sport huquqi bo'yicha mutaxassislarimizdan biri bilan bog'lanib, voqealar rivojining ehtimoliy ko'rinishi bilan qiziqdik.

"Paxtakor" futbolchini 2 oy mobaynida oylik maoshsiz qoldirgan bo'lsa, unda shartnomani buzib ketish huquqi paydo bo'ladi. Agar, Eren bilan ham shunday bo'lsa, bu klub uchun juda ham jiddiy signal. CHunki bunday holatda "Paxtakor" shartnomaning oxirigacha mo'ljallangan summani to'lab berishga majbur bo'ladi, hatto undan ham qimmatroqqa tushishi mumkin. Yani, Eren o'sha maoshni o'ynamasdan turib, jaraq-jaraq sanab olaveradi. 

Umid qilamizki, kelishuv ikkala tomonning roziligi bilan buzilgan. Aks holda, SHveycariyalik futbolchi tez orada FIFAga arz yozishini taxmin qilish qiyin emas", - deydi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, bu kabi holatlar futbolimizga begona emas. 2014 yilda "Bunyodkor" bilan shartnomani shu vaj bilan bekor qilib ketgan Sergey Simonenko 2019 yilda o'z pullarini (400 mln so'm atrofida) FIFA orqali undirib olgan bo'lsa, 2020 yilda Namanganning "Navbahor" klubi Aleksandr Belenkovga 500 ming dollardan ortiqroq mablag'ni to'lab berishga majbur bo'lgan edi.

Xullas, agar Derdiyok shartnomani bir tomonlama buzgan bo'lsa, "Paxtakor" qimmatga tushadi. FIFA har qanaqasiga ham shveycariyalik futbolchining haqqini undirib beradi. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmatidan malumot olishga harakat qilib ko'rdik. "Paxtakor" vakilining takidlashicha, bu borada jamoa huquqshunoslari ishlayapti va tez orada rasman elon qilinadi. Voqealar rivojini birga kuzatamiz, Championat.asia'dan uzoqlashmang!

P.S. "Paxtakor" qishda Derdiyok bilan xayrlashib, undan 6 barobar arzonroqqa o'ynaydigen Igor Sergeevni ushlab qolsa, klub uchun har tomonlama foydali bo'lar edi. SHveycariyalik futbolchi joriy mavsum "sherlar" libosida 13 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi.

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика