"Paxtakor" Fayzullaevning transferi ortidan qancha ishlab olishi malum
21 iyu 16:11
Yangiliklar


"Paxtakor" Fayzullaevning transferi ortidan qancha ishlab olishi malum
CSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev faoliyatini Turkiyada davom ettirishi kutilmoqda.
Futbolchi CSKA ixtiyorini tark etib, Turkiyaga yo'l olgan. U "Istanbul Bashakshehir"ga 7,5 million evro evaziga o'tsa, "Paxtakor" bu transferdan 10 foiz ulush oladi (750 ming evro). Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
Avvalroq Abbos Fayzullaev Eldor Shomurodov bilan bir jamoada to'p tepishi va 11-raqamda o'ynashi malum qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar