So’nggi yangiliklar

16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  1 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  26 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  10

“Denov”, “Do'stlik” (Oltiariq) va “Qumqo'rg'on” – Birinchi liga-2022 ishtirokchilari Yangiliklar

“Denov”, “Do'stlik” (Oltiariq) va “Qumqo'rg'on” – Birinchi liga-2022 ishtirokchilari

Surxondaryo markazi Termiz shahrida 2-liga g'oliblari o'rtasida Birinchi ligaga o'tish turniri nihoyasiga etdi.

Turnirning final ishtirokchilari hamda uchinchi o'rin egasi 2022 yilgi mavsum Birinchi ligaga yo'llanma olishini inobatga olsak, uchta omadli jamoaning nomi malum bo'lib ulgurdi. 
Yarim finalning birinchi uchrashuvida Surxondaryo viloyatining ikki vakili – “Qumqo'rg'on” va “Denov” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi va denovliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonib, Birinchi liganing dastlabki ishtirokchisiga aylandi. Ikkinchi uchrashuv ikki “Do'stlik” jamoasi o'rtasida kechdi. Aslida birinchi bo'lib toshkentliklar hisobni ochishgandi. Ikkinchi bo'limning yarmida oltiariqliklar hisobni tenglashtirdi. Yakunda esa Oltiariqning “Do'stlik” jamoasi 3:2 hisobida yutuqqa erishib, Birinchi liganing ikkinchi vakili bo'ldi.
Birinchi ligaga uchinchi yo'llanma “Qumqo'rg'on” va Toshkentning “Do'stlik” jamoalari o'rtasidagi bahsda malum bo'lishi lozim edi. Teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvning so'nggi daqiqalarida qumqo'rg'onliklar poytaxtlik raqiblari darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqishdi va Birinchi liganing uchinchi jamoasi bo'ldi. 
SHu tariqa, 2022 yilgi mavsum Birinchi ligasida “Denov”, “Do'stlik” (Oltiariq) va “Qumg'o'rg'on” jamoalari ishtirok etadi. Musobaqaning hal qiluvchi final o'yinida oltiariqliklar denovliklarni yirik 8:3 hisobida mag'lub etib, o'tish turniri g'olibligini qo'lga kiritishdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика