Del Boske: “Bolt juda yaxshi futbolchi bo'lishi mumkin edi”
12 sen 2018 01:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/452969_original.jpg)
![](/upload/storage/452969_220.jpg)
Del Boske: “Bolt juda yaxshi futbolchi bo'lishi mumkin edi”
“Real” va Ispaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi Visente del Boskening aytishicha, yamaykalik engil atletikachi Useyn Bolt faoliyatini futbolda davom ettirganida, undan yaxshi futbolchi chiqishi mumkin bulgan ekan.
Eslatib o'tamiz, Useyn avgust oyi boshida Avstraliyaning “Sentral Kost Mariners” klubi bila shartnoma imzolagandi.
“Bolt juda yaxshi futbolchi bo'lishi mumkin eji. Qarshi hujumga tayanib to'p tepadigan jamoalar uchun uning katta tezlikdagi harakatlari foyda berishi mumkin edi. Ammo 32 yoshda professional futbolchi sifatida karerani boshlash, bu normal holat emas. Uning uchun eng qiyini hozir texnik jihatdan boshqa futbolchilar bilan bir xil darajada emasligi”, deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar