Bolt: "Shunday klub tarixining bir bo'lagi bo'lganim, uning yutuqlarida hissam borligidan faxrlanaman"
29 may 2025 17:34
Yangiliklar
Bolt: "Shunday klub tarixining bir bo'lagi bo'lganim, uning yutuqlarida hissam borligidan faxrlanaman"
Xabaringiz bor, 2 iyun sanasida futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi. Futzal federaciyasi matbuot xizmati mazkur bahs oldidan BMB sardori Hebberth Oliveyra Bolt bilan bog'landi.
"Finalga tayyorgarlik rejadagidek ketmoqda. Biz yana bir bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish imkoniyatiga egamiz. Ushbu jamoada to'p tepishimdan va klub tarixining bir bo'lagi bo'lganim, uning yutuqlarida hissam borligidan juda xursandman. Hozir esa butun jamoa o'zgacha ishtiyoq bilan mamlakatda yana bir chempionlik uchun kurashishga to'liq tayyorligini his qilyapman.
To'purarlar poygasi? Chempion bo'lish uchun astoydil ishlayapman, bu – mening asosiy maqsadim. Indiviudal natijalar esa ikkinchi darajali hisoblanadi", – dedi Bolt.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar