De Laurentis: "Gattuzoning kelishi bilan "Napoli"da ko'p narsalar o'zgardi"
18 iyu 2020 12:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/575016_original.jpg)
![](/upload/storage/575016_220.jpg)
De Laurentis: "Gattuzoning kelishi bilan "Napoli"da ko'p narsalar o'zgardi"
"Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis Italiya Kubogi finali doirasidagi "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jennaro Gattuzoning kelishi bilan jamoada ko'p narsalar o'zgardi. Futbolchilar murabbiy va "Napoli" falsafasi atrofida birlashdi.
Hozir "Napoli" sovrin yutish uchun "Yuventus"ga qarshi tura oladigan yagona jamoadir. Biz 2012 yilda Kubogda turinliklarni mag'lubiyatga uchratdik, 2014 yildagi superkubokda ham yutdik. Hozircha faqat A Seriyada "Yuventus"dan o'ta olmadik", - deydi boshqaruvchi.
Eslatib o'tamiz, Gattuzoning "Napoli"da sovringa ega chiqishi uchun 17ta o'yin kifoya qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar