De Bryuyne: "Nega odamlar "Manchester Siti"da hujumchilarning ko'p gol urishi qiyin deb aytishlarini tushunmayapman"
19 okt 2022 20:42
Yangiliklar
De Bryuyne: "Nega odamlar "Manchester Siti"da hujumchilarning ko'p gol urishi qiyin deb aytishlarini tushunmayapman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Erling Xolandning "shaharliklar" safidagi o'yini haqida fikr bildirdi. Bugungi kunga kelib, norvegiyalik hujumchi barcha musobaqalarda 20 ta gol urdi.
"Men nega odamlar "Manchester Siti"da hujumchilarning gol urishi qiyin, deb aytishadi. Bizda ajoyib jamoa shakllangan va biz hujumchilar uchun ham ko'p imkoniyatlar yaratamiz. Xoland jamoamizga o'tib, to'g'ri qaror qabul qildi", - dedi Kevin "Manchester Siti" rasmiy saytiga bergan intervyusida.
De Bryuyne APLning joriy mavsumida 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Belgiyalik futbolchi "Manchester Siti"da 2015 yilning yozidan buyon to'p tepadi.
Fikrlar