So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  24 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

"Davron Fayziev tufayli himoyachi bo'lganman". "Jizzaxlik Serxio Ramos" bilan suhbat Yangiliklar

"Davron Fayziev tufayli himoyachi bo'lganman". "Jizzaxlik Serxio Ramos" bilan suhbat

Elyor Orifov ko'p yillardan buyon "So'g'diyona" klubi sharafini himoya qilib kelayotgan kam sonli futbolchilardan biri.

Muxlislar tabiri bilan aytganda "jizzaxlik Serxio Ramos" bilan turli mavzularda suhbatlashdik.

- Futbolga kirib kelishingiz haqida...
- Futbolga kirib kelishimni qisqacha aytaman. Bolalikdan ushbu sportga mehr-muhabbat uyg'ongandi. 10 yoshimdan boshlab futbol bilan shug'ullana boshlaganman. Birinchi murabbiyim Usmon Muhammedshin bo'lgan.

- Amakingiz, hozirgi kunda "Qo'qon-1912" jamoasida murabbiylar shtabida faoliyatini olib borayayotgan Davron Fayziev ham futbolchilik vaqtida himoyachi bo'lgan edi. Siz ham aynan amakingiz ortidan himoyachi bo'lishga ahd qilganmisiz yoki boshqa ampulada o'ynay olmaganingiz sabab shu joydamisiz?

- Amakim Davron Fayziev va otam Diyor Fayziev ham himoyachi bo'lishgan. Men ham shu sabab himoyachi bo'lishni maqul ko'rganman.



- Siz "So'g'diyona" jamoasida anchadan beri o'ynamoqdasiz. Intervyularingizning birida jamoadan ketmayman degansiz ham. Aytingchi, biror bir top jamoadan yoki Evropadan taklif tushsa qanaqa javob berardingiz bu takliflarga?

- "So'g'diyona" jamoasi Jizzax viloyatining bosh jamoasi ekanligini bilamiz. Har bir inson qay sohada bo'lmasin viloyati shanini himoya qilgisi keladi. To'g'ri, jamoadan ketmasligim haqida aytganman. Avvalroq ham bir qancha yaxshi takliflar tushdi, ammo men jamoada qolishni afzal ko'rdim. Ertaga nima bo'lishini Xudo biladi. Balki yaxshiroq takliflar tushsa ko'rib chiqarman.

- Siz nafaqat himoya qo'rg'onida balki hujum chizig'ida ham faollik ko'rsatishga harakat qilasiz va bu orqali gollar ham kiritasiz. Jizzaxlik muxlislar tabiri bilan aytganda "So'g'diyona"ning "Ramos"isiz. Bu haqida fikringiz?

- Bu juda ham yoqimli holat albatta. Muxlislar ishonchini oqlaganimdan xursandman. Bu menga yanada qo'shimcha kuch beradi.

- Bu yilgi mavsumda "So'g'diyona"ning birinchi goli muallifisiz. Bu yoqimli holat, shunday emasmi? AGMKga qarshi kechgan og'ir bahsda o'z joyingizdan oldinga borib gol urishingiz bu hujumchilar ishidan qoniqish hosil qilmaganingiz sababdir?

- Gol urish hamisha yoqimli holat bo'lgan. Haqiqatan ham o'sha o'yin og'ir bo'ldi. G'alaba qozonishga harakat qildik. Ammo bu futbol. Futbolda esa hamma narsa bo'lishi mumkin.



- Davron Fayziev, Aleksandr Mochinov, Sergey Lushchan, Ulug'bek Baqoev. SHu to'rt murabbiy qo'lida ham futbol o'ynadingiz. Ulardan nimalarni o'rgandingiz?

- Har bir murabbiy o'ziga xos tajribaga ega. Siz aytgan murabbiylardan ko'p narsa o'rgandim desam xato bo'lmaydi. Ular bilan ishlaganimdan xursandman!

- Futbolchilik faoliyatini tugatgach murabbiylikka qadam qo'yish niyati bormi?
- Ochig'i hozirdan bir narsa deyish qiyin. Buni vaqt ko'rsatadi.

- Karantin davri qanday o'tmoqda? Futbolsiz zerikarli rostan ham, shunday emasmi? O'z formangizni yo'qotib qo'yishdan qo'rqmayapsizmi?

- Futbolsiz zerikarli chindan ham. O'zim hamma qatori karantin qoidalariga rioya qilyapman. Uyda individual tarzda ham shug'ullanmoqdaman. Iloji boricha sport formani yo'qotmaslikka harakat qilyapmiz.



Og'abek Samisov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика