Davron Fayziev: "Bugun hisob 10:8 bo'lishi mumkin edi"
12 iyu 2015 20:25
Yangiliklar

Davron Fayziev: "Bugun hisob 10:8 bo'lishi mumkin edi"
O'zbekiston kubogi doirasidagi "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyin maydon egalari bosh murabbiyi quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Oliy liga boshqa, kubok umuman boshqa musobaqa. Har bir jamoaning o'z maqsadi bor. Bugun yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. 1:0 hisobidan xursandman. O'z uyimizda gol o'tkazmadik va g'alaba qozondik. Imkoniyatlardan foydalanish foizini hisoblasak juda past bo'ladi. Agar ikkala jamoa vaziyatlardan to'liq foydalana olganida 10:8 yoki 6:7 bo'lishi mumkin edi. Bugun qo'qonliklar posboni juda yaxshi o'ynadi. Kubokda qo'yilgan maqsadimiz uzoqroqqa borish.
Javob bahsidan oldin imkoniyatlarni teng baholayman. Sababi biz safarda o'ynaymiz. Qo'qonda qanday muxlislar borligini juda yaxshi bilamiz. O'zbekistonda bu muxlislar ajralib turishadi. Oliy liga doirasidagi "Olmaliq"qa qarshi o'yin kutib turibdi. O'sha bahsdan so'ng Qo'qondagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Davron Fayziev.

Fikrlar