So’nggi yangiliklar

20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  3 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  3 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  3 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  0 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  15 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  3 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  43 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2

Davolanish vaqti: Tanaffusdan so'ng qaysi yulduzlar maydonga qaytadi? Yangiliklar

Davolanish vaqti: Tanaffusdan so'ng qaysi yulduzlar maydonga qaytadi?

Koronovirus pandemiyasi dahshatli hodisa bo'lib, butun dunyoni butkul o'zgartirib yubormoqda.

Lekin qanchalik qiyin bo'lmasin, har qanday vaziyatda ham xursandchilik uchun sabab topsa bo'ladi. Masalan, bir qator o'yinchilar yaqin kunlarda safga qaytishi mumkinligi quvonarli.


Luis Suares "Barselona"

Yanvar oyi boshlarida urugvaylik forvard jarohat oldi, ammo qaytishga harakat qildi. Lekin transfer oynasi yopilgandan so'ng, ana endi maydonga tushadi deb turishganida yana safdan chiqdi. SHu tufayli, "Barselona" janjallarga boy bo'lgan Breytueyt transferini amalga oshirdi. Uni "Legannes"dan 18 million evroga sotib olishdi. Ammo endi mavsum to'xtatilganini hisobga olsak, o'yinlar boshlanguncha Suares "Barsa"ning birinchi rasmiy bahsida katta ehtimol bilan maydonga tushishi mumkin. U zalda tinimsiz ravishda shug'ullanmoqda va aprel oxirlarida safga qaytishga tayyor bo'lishini malum qildi. Ammo kelasi oydan La Liga o'yinlari boshlanishiga ishonish biroz qiyin...


Eden Azar "Real"

Zinedin Zidan Azarni o'z jamoasiga qo'shib olishni juda ham istagandi, biroq afsuski uzoq kutilgan ushbu transfer o'zini oqlamayapti, albatta hozircha. U 10 o'yinda atigi bitta gol urdi, asosiy vaqtini esa davolanish bilan o'tkazdi. Belgiyalik endi formasini tiklagan zahoti, yana kasalxonaga yotishga majbur bo'ldi. Yaqinda uning oyog'i jarohatlanib, mavsum so'ngiga qadar safdan chiqqandi. Agar pandemiya to'xtasa, iyunda Ispaniya chempionati oxiriga etkazib qo'yilishi mumkin ekan va ana shunda Azar "Real"ga yordam berishi mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" nafaqat Belgiya termasi sardori, balki Asensio va Marselodan ham umid qilishlari mumkin. Ular to'liq tuzalmagandilar, lekin endi tanaffus bahona yanada kuchliroq bo'lib maydonga qaytishlari mumkin. Oxirgi malumotlarga qaraganda, Asensio to'liq tuzalgan va umumiy guruhda mashg'ulotlarga ruxsat berilsa, u ham astoydil ter to'kishga tayyor.


Garri Keyn va Xen Son Min "Tottenxem"

Joze Mourinyudan ochiqchasiga omad yuz o'girdi, sababi muhim pallada eng kuchli ikki hujumchisi jarohat oldi. U markaziy hujumda Lukas yordamidan foydalanishga majbur edi, biroq braziliyalik markaziy hujumchi roliga unchalik ham to'g'ri kelmaydi, so'nggi daqiqalarda zaxiradan maydonga tushish ististo albatta. Kutilganidek, "shporlar" etakchilarisiz yaxshi o'ynolmadilar va jangovar "RB Leypcig" tufayli CHempionlar Ligasini tark etdilar. Keyn deyarli sog'aydi, Xen Son Min esa bir-ikki haftadan keyin safga qaytishi kutilmoqda. APL uchrashuvlari qayta boshlanguncha, ular ham to'liq tiklanadi deyishimiz mumkin. Kim biladi deysiz, balki klubdagilar koronavirus sabab ECHL biroz ertaroq to'xtatilganda yaxshiroq bo'lardi deb o'tirgandir.


Markus Reshford "Manchester Yunayted"

Bu mavsumda "MYU" forvardi jamoa etakchisi bo'la olishini isbotladi. APLning 22 bahsida 14ta gol urdi va shaxsiy rekordini yangiladi. Ehtimol yana qaysidir rekordlarini yangilagan bo'lardi, ammo yanvarda ko'ngilsiz voqea sodir bo'ldi. Markus chempionat doirasidagi o'yinda belidan jarohat oldi. Lekin shunga qaramay, bir necha kundan keyin bo'lib o'tgan mamlakat kubogi uchrashuvida zaxiradan maydonga tushdi va jarohati zo'riqib ketdi. Hammasi shunchalar jiddiy tus oldiki, natijada tiklanish sanasi orqaga surilib ketdi va orada katta tanaffus bo'lib qoldi. Reshfordning aytishicha, u hozir o'zini yaxshi his qilayotgan ekan va safga qaytishga ham tayyor.


Temi Abraxam, Ngolo Kante va Kristian Pulishich "CHelsi"

Umuman olganda, bu mavsum "CHelsi" o'yinchilari ketma-ket tarzda jarohat oldilar. Yozda ham hech qanday transferlar amalga oshirilmadi va Lempard bor kuchidan foydalanishiga to'g'ri keldi. Uning aynan shunday "kuchi" 25 o'yinda 13ta gol urgan Abraxam bo'ldi. Rejaga ko'ra, hujumchi mart oxirida maydonga qaytishi va "ko'klar"ga yordam berishi kerak edi. Pulishich ham yomon o'ynamadi, hisobiga 5ta gol yozdirib qo'ydi. Aytgancha, Ngolo Kante ham taxminan 3 haftani o'tkazib yuborishi lozim edi, ammo jarohati sheriklariniki kabi juda jiddiy emasdi.


Memfis Depay "Lion"

"Lion" yozda qay yo'l bilan Depayni olib qolgani biroz tushunarsiz, lekin Memfis Evro-2020dan keyin klubda yanada yuqoriroq cho'qqini zabt etishga urinib ko'radi. Depay 13 o'yinda 9ta gol urdi, biroq tizzasidan jarohat olib, bu mavsumga nuqta qo'ydi. CHempionat o'yinlari qayta tiklansa ham, gollandiyalik joriy yil "Lion"ga yordam berishi biroz qiyin bo'lsa kerak. Lekin kelasi yil Evroda o'ynash uchun imkoniyati bo'ladi va o'zini asragan holda yanada yuqori darajalarga erishishi mumkin.


Nikolo Dzanolo "Roma"

Bu mavsumda "jalorossi"ning yosh yarim himoyachisi Paulo Fonsekaning o'yin qurilishida muhim figuralardan biri bo'ldi. U yanvardayoq o'tgan yili qancha gol urgan bo'lsa, shuncha to'pni darvozaga joylab bo'lgandi. SHuningdek, u nozik did bilan harakat qilar va sheriklarini qulay vaziyatga chiqarib yuborardi. Afsuski, tizza jarohati tufayli Nikolo kamida 5-6 oyni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Ha, shifokorlar Dzanolo agar astoydil harakat qilsa, mayda safga qaytadi deb aytishgandi, biroq endi o'zini majburlashiga hojat yo'q. Ammo kelasi yil Dzanolo xalqaro arenada o'zini namoyon qilishiga umid qilamiz. Joriy mavsum "Roma"ning bir qator futbolchilari jarohatlandi, ammo ular orasiga Dzanolo qo'shilgani katta vahimaga sabab bo'ldi.


Muallif: Sergey Rumyancev
Tarjima: Nozima Zaripova

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика