So’nggi yangiliklar

14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  2 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  12 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  4 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  6 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  8 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  43 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  13 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  25 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13

Coca-Cola Superliga. 13-tur uchrashuvlari 30 iyul sanasidan boshlab davom ettiriladi Yangiliklar

Coca-Cola Superliga. 13-tur uchrashuvlari 30 iyul sanasidan boshlab davom ettiriladi

Coca-Cola Superliga musobaqasining 13-tur va II davra o'yinlari sanalari ishlab chiqildi.

Bunda O'zPFL O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 saralashi uchrashuvlari natijasidan kelib chiqib ish ko'rganini qayd etish lozim. Boisi, bungacha O'zPFL ishlab chiqqan reja terma manfaatlari yo'lida o'zgartirildi va jamoa rejadagidan 10 kun oldinroq yig'ildi. Oqibatda Superliganing 13-tur uchrashuvlari hamda O'zbekiston Coca-Cola kubogining 1/8 final bosqichini iyul oyigacha o'tkazib olish imkoniyati yo'qqa chiqdi.

Malumki, iyul oyida futbol klublari yozgi tanaffusga chiqadi. Qolaversa, ayni chilla vaqtida futbol uchrashuvlarini tashkil etish sportchilar salomatligiga o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi. SHundan kelib chiqib, O'zPFL stadionlar projektorlarini talab darajasiga keltirish va shu yo'l orqali uchrashuvlarni kechki salqinda o'tkazish yuzasidan qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Afsuski, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashidagi ishtirokini davom ettirmaydigan bo'ldi. SHuningdek, O'FA sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida mavjud bo'lgan FIFA kunlari uchun o'z rejasini taqdim etib ulgurmadi. OFK kubogida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” ishtirokidagi ehtimoliy uchrashuvlarning sanalari aniq bo'lsa-da, o'yinlarning qaysi mamlakatda o'tishi masalasi to'liq ochiqlanmagan. SHundan kelib chiqib, O'zPFL navbatdagi ishchi rejani taqdim etadi.

Superliga klublari 4 iyul kuni yakuniga etadigan 12-tur uchrashuvi va 9 iyul kuni 8-turdan o'rin olgan “Nasaf” – “Mashal” qodirilgan bahsidan so'ng tanaffusga chiqadi. Kubokni ham qo'shib hisoblasa, o'tgan vaqt davomida klublar o'tgan yilgidan farqli o'laroq tanaffusga qadar 15 ta uchrashuv o'tkazishga ulgurdi. Tanaffus 30 iyul sanasiga qadar davom etadi va shu sanadan etiboran klublar 13-turda start oladi. II davra uchrashuvlari bunga ulanib ketadi.

Quyidagi havola orqali siz II davra rejasi bilan tanishib olish imkoniyatiga egasiz. Bunda o'yinlar sanalari ishchi rejaga kiritilgan va FIFA kunlari inobatga olingan, hatto uchrashuvlar sanalari ham aniq bo'lib ulgurgan. Biroq O'FA FIFA kunlari borasidagi rejalari va OFK klublarning ikkinchi raqamli qita musobaqasidagi rejalariga to'la oydinlik kiritmagunicha, biz faqatgina avgust oyidagi uchrashuvlar sanasini to'liq elon qilamiz.

Malumot uchun, bizda yozgi transfer oynasi 5 iyul kuni ochiladi va 31 iyul sanasiga qadar davom etadi. Pandemiya bilan bog'liq holat yoki O'zPFLga aloqasi bo'lmagan boshqa sabablar bilan uchrashuvlar sanalariga o'zgartirish kiritilishi mumkin.

13-tur
30 iyul, juma

LOKOMOTIV – NASAF
MASH'AL – SURXON
31 iyul, shanba
ANDIJON – TURON
BUNYODKOR – PAXTAKOR
SO'G'DIYONA – AGMK
1 avgust, yakshanba
QO'QON-1912 – NAVBAHOR
METALLURG – QIZILQUM

14-tur
6 avgust, juma

PAXTAKOR — NASAF
MASH'AL — BUNYODKOR
7 avgust, shanba
LOKOMOTIV — AGMK
METALLURG — SURXON
ANDIJON — QIZILQUM
8 avgust, yakshanba
SO'G'DIYONA — NAVBAHOR
QO'QON-1912 — TURON

15-tur
13 avgust, juma

MASH'AL — PAXTAKOR
SURXON — ANDIJON
14 avgust, shanba
TURON — SO'G'DIYONA
BUNYODKOR — METALLURG
QIZILQUM — QO'QON-1912
15 avgust, yakshanba
AGMK — NASAF
NAVBAHOR — LOKOMOTIV

O'zbekiston kubogi
1/8 final
18 avgust, chorshanba

SURXON — MASH'AL
SHO'RTAN — QIZILQUM
DINAMO — OLIMPIK
19 avgust, payshanba
NASAF — METALLURG
PAXTAKOR — TURON
AGMK — NEFTCHI
20 avgust, juma
BUNYODKOR — NAVBAHOR
SO'G'DIYONA — LOKOMOTIV

16-tur
25 avgust, chorshanba

QO'QON-1912 — SURXON
SO'G'DIYONA — QIZILQUM
METALLURG — MASH'AL
26 avgust, payshanba
ANDIJON — BUNYODKOR
PAXTAKOR — AGMK
27 avgust, juma
LOKOMOTIV — TURON
29 avgust, yakshanba
NASAF — NAVBAHOR.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика