CHoyning taqdiri ertaga hal bo'ladi
04 mar 2016 23:35
Yangiliklar


CHoyning taqdiri ertaga hal bo'ladi
Mavsumlar oralig'ida jamoamiz safiga janubiy koreyalik futbolchi Xyunyeon CHoy jalb etilgandi.
Yarim
himoyachi ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirgan bo'lsada tibbiy ko'rikdan o'ta
olmagandi. Bugun legioner futbolchi ikkinchi bor tibbiy ko'rikdan o'tdi.
SHifokorlar CHoyni tekshiruvdan o'tkazishgach, uning yurak faoliyatini kuzatish
maqsadida maxsus moslamani taqdim etishdi. Futbolchi bir kun davomida yurak
faoliyatini nazorat qiladigan maxsus moslama “xolter” bilan yuradigan
bo'ldi. SHu sababli, CHoyni “Navbahor”da qolish yoki qolmasligi borasidagi
masalaga ertaga oydinlik kiritiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar