"Chelsi" Azarni "Real"ga sotishga rozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
20 iyul 2018, 11:10
"Chelsi" va "Real" Eden Azarning transferi borasida kelishib qo'yishdi.

Bu haqda "Le 10 Sport" xabar bermoqda. Futbolchining o'zi "Real"ga o'tishni istayotgani uchun muzokaralar anchagina tezlashib ketgan. "Real" Azarning transferi uchun 190 mln evro sarflaydi.

Manbaga ko'ra, ushbu transfer ishlariga Tibo Kurtuaning umuman aloqasi yo'q. "Real" u borasida alohida muzokaralar olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le 10 Sport