"Championat.asia" xabari tasdiqlandi: "Andijon" bosh murabbiyi o'zgargani rasman malum
16 may 2019 18:58
Yangiliklar


"Championat.asia" xabari tasdiqlandi: "Andijon" bosh murabbiyi o'zgargani rasman malum
Biroq o'sha kuni "Andijon" klubi matbuot xizmati bizga murojaat qilib, mazkur malumot haqiqatdan yiroqligi va Ildar Sakaev hamon jamoa bosh murabbiyi sifatida "Paxtakor" bilan bo'lajak bahsda "Andijon"ni tayyorlayotgani aytilgandi.
Bugun esa saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov ham o'zining telegramdagi kanalida "Andijon"da "rul" almashgani va klub matbuot xizmati yakunda nohaq bo'lib chiqishini takidlagandi.
Ayni paytda Farg'onada o'tkazilayotgan "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvida nominal mezbon maqomidagi jamoani avval saytimizda chiqqan xabarni tasdiqlagan holda Jamshid Saidov boshqarmoqda. O'yin rasmiy protokolida ham "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Saidov ekanligi qayd etilgan.
Bizdagi ishonchli malumotlarga ko'ra, Ildar Sakaev avval takidlaganimizdek jamoada qolgan va sport direktori lavozimida ishlamoqda.
Demak "Andijon"da joriy mavsumdagi uchinchi istefo rasman ruy berdi va Sakaev o'rnini Jamshid Saidov egalladi.
Breaking news. "Andijon" bosh murabbiyi Ildar Sakaev istefoga chiqdi
"Andijon" matbuot xizmati: Sakaev lavozimini tark etgani yo'q
"Andijon"ni "Paxtakor"ga qarshi o'yinda kim boshqarib tushadi?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar