So’nggi yangiliklar

09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  2 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  2 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  12 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  5 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  17 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  2 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  3 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  12

CHa Du Ri hayotida ko'rgan qiyinchiliklar haqida: "Otamdek bo'lishni xohlagandim" Yangiliklar

CHa Du Ri hayotida ko'rgan qiyinchiliklar haqida: "Otamdek bo'lishni xohlagandim"

Janubiy Koreyaning eng yaxshi futbolchilaridan biri CHa Du Ri OFK saytiga bergan intervyusida futboldagi 14 yillik faoliyati va yoshligida ko'rgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

Ushbu futbolchini yaqindan taniysiz va u haqda ko'p bora eshitgansiz. Ayniqsa O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushganida raqib safida ko'pincha CHa Du Ri bo'lardi. Mana shu futbolchining hayoti oson kechmagan va ko'p qiyinchilik ko'rgan. Quyida sobiq futbolchi hayotda ko'rgan-kechirganlarini o'z tilidan hikoya qiladi. 

"Otamga "hasad" qilardim" 

CHa Du Ri o'z paytida ikki bor UEFA Kubogida zafar quchgan, Bundesliga rekordini o'rnatgan hamda Janubiy Koreya terma jamoasida 120 o'yinda maydonga tushib 50ta gol urgan CHa Bum Kunning o'g'li. CHa Bum Kun Janubiy Koreya terma jamoasining eng yaxshi to'purari hisoblanadi. 

- "Bazan men otamni juda "yomon" ko'rardim. Unga "hasad" qilardim. Albatta, yaxshi manoda. CHunki u erishgan yutuqlar oldida mening faoliyatim hech narsa emas. Otam men uchun doim o'rnak bo'lib kelgan. Men u tufayli futbolni sevganman va doim unga o'xshashga harakat qilganman".

Malumot uchun, CHa Du Ri 1980 yil, 25 iyulda tug'ilgan. U tug'ilgan paytda otasi Bundesligada o'ynardi. CHa Bum Kun Germaniyaning "Ayntraxt" va "Bayer" klublarida faoliyat olib borgan. CHa Du Ri tug'ilgan mahal otasi "Ayntraxt"da ko'chib o'tgandi. 

- "Maktabdagi o'qish qanday futbol o'ynashimga bog'liq edi, - deydi CHa Du Ri. - Agar shanba-yakshanba kunlari bo'lib o'tadigan bolalar o'rtasidagi turnirlarda o'zimni ko'rsatsam, dushanba kuni xushkayfiyatda maktabga yo'l olardim. Agar o'yinim qovushmasa buning teskarisi bo'lardi va otam yaxshi o'qishga majburlardi". 

- "U paytlari hozirgidek internet va kompyuter o'yinlari bo'lmasdi. SHu bois bizning futboldan boshqa ovunchog'imiz yo'q. edi. Bo'sh payt bo'ldi deguncha faqat to'p tepib vaqtni o'tkazardik. Otam bilan qaerga bormay hamma uni tanir, bu esa meni hayron qoldirardi. SHunda men ham katta bo'lsam otamdek mashhur bo'lishga ahd qilgandim".


Terma jamoaga chaqiruv 

1991 yil CHa Bum Kun futbolchilik faoliyatiga yakun yasaydi. Endilikda uning yo'lini davom ettirish o'g'liga qolgandi. Otasi murabbiylik sohasida ishga kirishadi va "Ulsan Xyunday" klubida ish boshlaydi. SHunday qilib oila Germaniyadan Janubiy Koreyaga qaytadi.

CHa Du Ri terma jamoadagi faoliyatini 2001 yilning noyabr oyida boshlagan. Bu paytga kelib u 21 yosh edi va gollandiyalik murabbiy Guus Xiddink uni Senegal terma jamoasi bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvida sinab ko'rgan. CHa Du Ri qisqa vaqt ichida bosh murabbiy ishonchini qozona oldi va JCH-2002da ishtirok etgan baxtli 23 futbolchidan biriga aylandi.

- "Men terma jamoaga chaqirilganimdan juda xursand edim. Vaholanki kuchli klubda o'ynamasdim. O'shanda Seulning "Koreya Universiti" jamoasida ham o'ynab, ham oliygohda o'qirdim. Ertalab o'qishga borar, tushdan keyin mashg'ulotga yo'l olardim. To'g'risi, oddiy bir talabaning terma jamoaga chaqirilishi katta voqea bo'lgandi", - deb eslaydi CHa Du Ri.


- "Murabbiy meni oldiga chaqirib, sen men keraksan, chunki tez yugurasan va ajoyib formadasan dedi. Avvaliga zaxirada qolganman va imkon bo'lishi bilan maydonga tushib tez yugurishga harakat qilardim".

CHa Du Ri 2002 yilgi mundialda o'zini ko'rsata oldi. U Polsha bilan kechgan birinchi o'yinda, shuningdek Italiya mag'lub etilgan bahsda o'zini ko'rsatdi. Germaniyadan 0:1 hisobida uchralgan mag'lubiyatda ham bor kuchi bilan harakat qilgan. 

- "Terma jamoa safida jahon chempionatida ishtirok etish har bir futbolchining orzusi. Men hamma o'yinda maydonga tushaman deb o'ylamaganman, shunchaki o'z vaqti-soatim kelishini kutganman. Jahon chempionati biz uchun yaxshi yakun topdi. Muxlislar nihoyatda xursand edi. Hatto restoranga borganda bizdan pul olishmasdi". 


Professional shartnoma 

Bilasizmi, CHa Du Rining katta futboldagi faoliyati aynan 2002 yilgi jahon chempionatidan so'ng boshlangan. Bungacha universitet talabasi bo'lib yurgan CHa mundialdan so'ng Bundesligaga yo'l oladi va o'zining dastlabki professional shartnomasini tuzadi. Unga bir paytlar otasi o'ynagan "Bayer" qiziqib qolgandi. 

"Men ham otam kabi Bundesligada o'ynashga harakat qilganman. CHunki otam o'ynagan payt biz Germaniyada yashardik va u erdagi futbol muhiti doim meni o'ziga tortardi. "Bayer"dan taklif tushgach ko'p o'ylab o'tirmadim, darhol narsalarni yig'ishtirdim-u, Leverkuzenga yo'l oldim".

Lekin "Bayer" tavakkal qilishni xohlamasdi, shu bois klub rahbariyati 22 yoshli futbolchini dastlab "Arminiya"ga, undan keyin "Ayntraxt"ga ijaraga beradi.

- "CHetdan kuzatish boshqa, lekin Bundesligada o'ynash boshqa ekan, - deydi CHa Du Ri. - Men uchun Germaniyadagi bir yil xuddi uch yildek og'ir o'tdi. SHunda otamga naqadar qiyin bo'lganini his qildim. Bu orada 2004 yilgi Osiyo Kubogida o'zimizni ko'rsata olmadik. Ikki yil oldin jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan jamoa qita birinchiligini chorak finalda to'xtatdi. Bizni Eron mag'lub etgandi. Bu esa tushkunlikka tushishimga sabab bo'ldi".


Bundesligadagi omadsizlik 

"Bayer" ushbu futbolchini qo'lga kiritib adashgan edimi? Bo'lishi mumkin. CHunki CHa Du Ri qog'ozda "Bayer" futbolchisi bo'lgani bilan vaqtini ijarada o'tkazdi. U leverkuzenliklar tarkibida umuman maydonga tushmagan. Bunga sabab uning "Arminiya" va "Ayntraxt" safida kam gol urishida edi. Axir bir yilda bor yo'g'i bitta gol urgan futbolchini "Bayer" qaytarib oladi deysizmi.

- "Men gol urmasdim, bu esa doim tushkunlikka tushishimga sabab bo'lardi. Juda katta bosim ostida qolgandim. Negadir bor kuch bilan harakat qila olmasdim, menga nimadir etishmasdi. SHunda meni "Ayntraxt"ning o'sha paytdagi murabbiyi Funkel o'ng qanot himoyasida sinab ko'rishga qaror qildi. CHunki tezligim sabab orqaga qaytishga ulgurardim. Aynan poziciyamni o'zgartirish menga omad keltirdi. O'ng qanot himoyasida o'zimni ancha ishonchli his qila boshladim".

Kam o'yin amaliyoti sabab CHa Du Ri JCH-2006dan chetda qoladi. CHunki mundialda ishtirok etadigan koreyaliklarga doim o'ynab kelgan futbolchilar zarur edi. CHa Du Ri shuningdek Osiyo Kubogi-2007ga ham bormagan. Bu musobaqada Janubiy Koreya terma jamoasi uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. 


SHotlandiya, qaydasan? 

Faqat 2009 yilga kelibgina yana terma jamoaga chaqirildi. Bu paytda u "Frayburg"da to'p tepayotgandi. Yana quvonchli kunlar boshlanadi. CHa Du Ri terma jamoaning 23talik tarkibidan joy olib JCH-2010ga boradi. Guruhdan chiqqan koreyaliklar keyingi bosqichda Urugvayga imkoniyatni boy berishadi. Qahramonimizning o'yini ko'pchilikda iliq taassurot qoldirib, jahon chempionatidan so'ng CHa Du Rini SHotlandiya grandi "Seltik" ilib ketadi. U hamyurti Ki Sung Yong bilan glazgoliklar sharafini himoya qila boshlaydi.

Ikki mavsumni "Seltik"da o'tkazgan CHa 2011 yil SHotlandiya Kubogi va oradan bir yil o'tib mamlakat chempionligini qo'lga kiritadi. "Men SHotlandiyadagi faolyatimdan mamnun bo'lganman, - deydi koreyalik futbolchi. - "Seltik" katta jamoa, ularning stadioni ham ajoyib. Ki Sung Yong ikkimiz maza qilib futbol o'ynaganmmiz. 2010 yilning dekabr oyida o'tkazilgan "Sent-Jonston" bilan kechgan bahsda 2:0 hisobida g'alaba qozongan, gollarni Ki Sung ikkimiz urgandik. Menimcha bu klub tarixidagi bir o'yinda ikkita koreyalik gol urgan birinchi va oxirgi bellashuv bo'lib qolsa kerak".

SHotlandiyadagi muvaffaqiyatli mavsum davom etayotgan bir paytda CHa Du Rini Osiyo Kubogi-2011 kutib turardi. Bu musobaqa ham koreyaliklar uchun yaxshi kechib, yakunda bronza medallarga ega chiqishadi. Ku Ja CHol musobaqa to'purari bo'ladi, Ji Dong Von o'zini ko'rsatadi hamda Son Xyong Min Osiyo Kubogida debyut qiladi.

- "Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida ishtirok etgan tarkib men bilgan eng kuchli jamoa bo'lgandi. Biz bir ahil oila edik. Safimizda yoshlar ham bor edi, men katta bo'lib qolgan va ortimdan terma jamoani ergashtirishga to'g'ri kelardi. Musobaqani yarim finalda to'xtatganmiz. Yaponiya bizni penaltilar seriyasida mag'lub etgandi", - deb eslaydi CHa Du Ri.


Vatanga qaytish

2012 yil yozida CHa Du Rining "Seltik" bilan shartnomasi tugaydi va u Germaniyaga qaytib "Fortuna Dyusseldorf" bilan shartnoma imzolaydi. Lekin bu klub safida atigi bir mavsum to'p tepgan futbolchi o'zini ko'rsata olmay Janubiy Koreyaga qaytishga majbur bo'ladi va "Seul" tarkibidan joy egallaydi. Bu payt "Seul"ni JCH-2002 paytida CHa Du Ri bilan bir xonada istiqomat qilgan CHoy Yong Su boshqarayotgandi. 2013 yil poytaxtliklar Osiyo chempionlar ligasida finalga qadar borib, Xitoyning "Guangjou Evergrand" klubiga imkoniyatni boy berishadi.

Yana kuchga to'lgan CHa Du Rini 2015 yilgi Osiyo Kubogi kutayotgandi. Kam o'yin amaliyotisiz qolgan futbolchi JCH-2014ga bora olmagandi. Avstraliyada o'tgan qita birinchiligi esa uning uchun oxirgisi edi. SHu bois CHa sovrin yutishga astoydil harakat qildi. Janubiy Koreyaning biz bilan o'yinini bir eslang-a. Son Xyong Min ikkinchi golni urgan payt CHa Du Ri qanday tezlikda yugurib kelgandi. O'sha yil koreyaliklar finalgacha borib Avstraliyaga imkoniyatni boy berishgan.

2015 yilning mart oyida Janubiy Koreya terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu CHa Du Rining milliy terma jamoadagi oxirgi o'yini bo'lib qoldi. Birinchi taymdan so'ng uni qarsaklar bilan kuzatib qo'yishadi. Otasi unga gul bergan, CHa esa o'zini tuta olmay yig'lab yuborgandi.

- "Terma jamoa bilan xayrlashish har qanday futbolchi uchun og'ir. Vaqt o'tib borayotganini tushunib etasiz. Janubiy Koreyada o'ynash oson emas: yaxshi o'ynasangiz maqtaydilar, yomon o'ynasangiz darrov tanqid ostida qolasiz. Lekin men faoliyatimdan mamnunman, maqtovni ham, tanqidni ham muxlislar bilan birga o'tkazdim, ulardan bir umr minnatdorman", - degandi o'yindan keyingi intervyusida.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика