So’nggi yangiliklar

22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  0 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  0 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  2 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0

CAFA Cup. Turnir oldidan murabbiylar nimalar dedi? Yangiliklar

CAFA Cup. Turnir oldidan murabbiylar nimalar dedi?

Teglar :  CAFA Cup
Bugun “Milliy“ stadionida “CAFA Cup“ xalqaro turnirining matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda musobaqada qatnashadigan termalarning bosh murabbiylari - Hikmat Fuzaylov (Tojikiston), Said Xadi Kozimiy (Afg'oniston), Marat Jumakeev (Qirg'iziston) va Usmon Toshev (O'zbekiston) ishtirok etishdi.

Dastlab barcha murabbiylar turnirdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Said Xadi Kozimiy: - Biz ushbu turnirda ikkinchi marta qatnashyapmiz. Musobaqaga jamoamni yaxshi tayyorlanishiga harakat qildim. SHu boisdan ham yaxshi ishtirokka umid qilyapman. Bu turnir orqali 16 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishni reja qilganmiz.

Marat Jumakeev: - Avvalo turnir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu turnirning barcha o'yinlaridan rohatlanish kerak. Ushbu musobaqa barcha uchun foydali bo'ladi. Albatta, o'zimiz uchun kerakli vazifalar belgilab olganmiz. Tashkilotchilikka keladigan bo'lsam, barchasi yuqori saviyada. Stadionlar juda yaxshi. Kecha dastur doirasida “Milliy“ stadionida mashg'ulot olib bordik. SHuningdek, turnirdan oldin murabbiylar uchun seminarlar bo'lib o'tdi. Bu er menga juda ham yoqdi. Vaqtim bo'lsa yana kelaman. Barchaga omad tilayman. Bu turnirda hali qatnashmaganman. Hozircha vaziyatlar o'ylaganimdek yaxshi ketmoqda. SHogirdlarim yaxshi o'ynashadi va o'z oldilariga qo'yilgan vazifalarni bajara olishadi.

Hikmat Fuzaylov: - Bu erga kelganimizda o'z vatandoshlarini kutib olishgandek bizni yaxshi qarshi olishdi. Barchaga rahmat aytaman. Bu turnir barcha uchun foydali bo'ladi. O'tgan yilgi turnirda ham shu termalarga qarshi o'yin olib borgandi. O'tgan turnirdan yoqimli xotiralar qolgan.

Usmon Toshev: - Ushbu turnirni katta voqelik deb ayta olaman. O'tgan kunlar davomida biz faqatgina futbol haqida gaplashdik. Raqib mamlakatlarning futboli rivojini tahlil qildik. Bu musobaqa qatnashchilarga xalqaro tajriba beradi. Turnir davomida faqatgina yaxshi saviyali o'yinlar bo'ladi. Bunga ishonaman.

- Bu turnirda sizning oldingizdagi vazifalar qanday?

Said Xadi Kozimiy: - Bu turnirda ikkita maqsadimiz bor. Asosiysi, Malayziyada o'tadigan turnir uchun yaxshilab tayyorgarlik ko'rib olishimiz kerak. Ikkinchi maqsad esa amaldagi chempionlikni saqlab qolishni niyat qilyapmiz.

Marat Jumakeev: - Turnir davomida o'yinlarda qatnashayotgan futbolchilarimning imkoniyatlarini ko'rib olmoqchiman. Bu turnir, bu o'yinlar murabbiylarning, futbolchilarning, federaciyalarning yutug'i. Bizning maqsadimiz oldindagi o'yinlar orqali o'zimizning himoya va hujum chizig'imizni sinovdan o'tkazib olishimiz kerak.

Hikmat Fuzaylov: - Birinchi vazifamiz chiroyli o'yin ko'rsatish.

Usmon Toshev: - Barcha o'yinlarda yaxshi o'ynashni, o'z o'yinimizni shakllantirishni niyat qilganmiz. Biz futbolchilarni etuk qilib tarbiyalashimiz kerak. Vazifamiz - yigitlarga xalqaro tajriba berish. O'zbekiston eng kuchli terma ekanligini ko'rsatmoqchimiz.

- Musobaqaning boshqa ishtirokchilari haqida qanday fikrdasiz?

Said Xadi Kozimiy: - Bu turnirda qatnashadigan barcha termalarni hurmat qilaman. Bir necha yillardan buyon o'zbek futboli anchagina yuksalishga erishmoqda. Terma JCHga chiqa olmagan bo'lsa-da, bu terma bilan o'yin anchagina foydali bo'ladi. Tojikiston termasida ham katta tajriba bor. Ular Osiyo chempionatiga chiqishdi. Bu katta sharaf. Qirg'iziston termasi ham anchagina kuchli. Ularga qarshi o'yinimizda yaxshigina jang bo'ladi.

Marat Jumakeev: - Musobaqaga etib kelgan barcha termalar juda kuchli. O'zbekistonning yaxshi murabbiyi bor. Bu davlatda futbol anchagina o'smoqda. Jamoalar chiroyli o'yin ko'rsatib, g'olib bo'lishni istaydi. Bu turnir orqali biz o'z kuchimizni bilib olishimiz kerak. 

Hikmat Fuzaylov: - O'tgan mavsumda ham bu turnirda qatnashganmiz. Biz o'tgan yilgidan ko'ra kuchliroq bo'lganimizni ko'rsatmoqchimiz. SHu orqali xalqaro tajriba to'plamoqchimiz.

Usmon Toshev: - Men OFKning instruktori sifatida bu davlatlarda bo'lganman. Afg'onistondagi futbol yaxshi saviyadaligini ko'rganman. Barchaning qanday ishlashini ko'rganman. Barcha termalar anchagina kuchli. Turnir doirasidagi o'yinlar qiziqarli bo'ladi degan umiddaman.

- Qachondan boshlab bu terma bilan ishlayapsiz?

Usmon Toshev: - 29 iyundan etiboran bu terma bilan ish yurityapman. Ha, kam vaqt bo'ldi. SHunday bo'lib qoldi.

- Bizda Superliga, Pro-liga, U-18, U-16, U-14 ligalari bor. Sizlardachi?

Said Xadi Kozimiy: - Mamlakatimizdagi holat tufayli boshqalar kabi turnir o'tkazishga sharoit bo'lmaydi. Bo'lsa ham bunga kichik vaqt beriladi. SHuning uchun ham yigitlar o'zlarini ko'rsata olmaydi. Terma Ummonda ikki marta o'rtoqlik o'yin o'tkazdi. Bu o'yinlar turnir uchun yaxshigina tayyorgarlik bo'ldi. Biroq bu safar o'tgan galgidek tayyorlana olmadik.

Marat Jumakeev: - U-16, U-17 jamoalarining ligasi bor. Bu ikki mintaqaga bo'lingan. SHimoliy va janubiy. Bu ligalar selekciya ishlari uchun ham anchagina foydali. SHuningdek, mashg'ulot ciklini ham kuzatib borish uchun qulay.

Hikmat Fuzaylov: - U-15 yoshgacha bo'lgan yigitlar o'rtasida kichik turnirlar bo'ladi. 16, 17, 18, 19 yoshlilar o'rtasida esa uy va safar tizimi orqali Premer-liga tashkil qilingan. Bu liganing foydasi juda katta.

- Boshqalarni kamsitmagan holda turnirda O'zbekistonni favorit deb hisoblaysizmi?

Usmon Toshev: - Bu turnirda biz bir-birimizni kamsitmaymiz. Barchamiz bir saviyali, bu murabbiylarni hurmat qilaman. Barchasini ertangi o'yinlar ko'rsatadi. Ana jahon chempionatini qarang, qanday termalar turnirni tark etdi. Hozirgi futbol boshqacha. SHu boisdan ham ko'proq o'ylash kerak.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика