

Rossiya terma jamoalari va klublari 2022-yildan beri FIFA va UEFA shafeligidagi musobaqalardan chetlatilgan.
Avvalroq, Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) Rossiya olimpiya qo'mitasi (ROK) huquqlarini vaqtincha tiklaganidan so'ng, Xalqaro futbol federatsiyasi Rossiya jamoalariga nisbatan qo'yilgan taqiqni olib tashlash imkoniyatini muhokama qilishi haqida xabar berilgandi.
Endi XOQning bu qadamini qanday talqin qilish har bir sport federatsiyasining o'z ixtiyorida qolmoqda.
The Telegraph ma'lumotlariga ko'ra, FIFA va UEFA hozircha rossiyalik klublar va milliy terma jamoalarga nisbatan xuddi shunday choralarni ko'rishni rejalashtirmayapti.



