

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi o'smirlarimiz mezbonlarni, yani Tojikiston o'smirlar terma jamoasini 2:1 hisobida dog'da qoldirishdi.
Guruhdagi uchinchi uchrashuvda ham g'alaba qozongan vakillarimiz 9 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turishibdi.
Gollarga vakillarimizdan Buronbek Mirzasalimov dubl (2ta) hamda raqiblardan Alisher Rahimovlar mualliflik qilishgan.






