Misr darvozaboni Argentinaga qarshi kechgan bahs (2:3) haqida: "Hakamlik borasida hammasi tushunarli"

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2026, 14:27
Misr terma jamoasi zaxira darvozaboni Muhammad Alaa Mostafa Zikoning goli bekor qilinishi JCH-2026 1/8 finalida Argentinaga qarshi kechgan o'yin (2:3) natijasiga ta’sir qilganiga ishonadi.

Uchrashuvni Fransua Letekse boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan.

"Hammaning ko'z o'ngida sodir bo'lgan bu hakamlik qanday ekani barchaga ayon edi. Bu haqda ortiqcha gapirmayman. Hakamlik borasida hammasi tushunarli. Golimizni bekor qilishdi, penalti belgilanmadi. Penalti o'rniga qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik.

Bizning etirozlarimiz faqat hakamga, yani uning xatolariga nisbatan edi. Biz aynan shu sababli etiroz bildirdik, boshqa hech qanday gap bo'lishi mumkin emas.

Sardor Saloh kiyinish xonasiga kirib, barcha futbolchilarni yig'di va ular bilan gaplashdi. U shunday dedi: 'Omad kelmadi, hammasi tugadi. Bu Allohning irodasi va U istagan narsa sodir bo'ldi. Kelinglar, oldinga qarab yuramiz, Alloh xohlasa, oldimizda yana yaxshi kunlar bo'ladi'", – dedi Alaa.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN