So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

“Bunyodkor”chilarning Mustaqillik tabrigi Yangiliklar

“Bunyodkor”chilarning Mustaqillik tabrigi

Teglar :  Bunyodkor
Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayramini nishonlash arafasida turibmiz.

O'zbekiston chempionatlarining besh karra g'olibi, mamlakat kubogining to'rt karra sohibi, Osiyo CHempionlar ligasining ikki karra yarim finalchisi Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Sizni eng aziz va ulug' bayramimiz – O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Yurtimizning 25 yillik to'yi munosabati bilan “qaldirg'ochlar”ning Istiqlol bilan tengdosh – 25 yoshli futbolchilari SHahzodbek Nurmatov va SHohrux Gadoev o'zining bayram tabriklarini izhor etib, barcha yurtdoshlarimizni Istiqlol bilan muborakbod etadi.


SHahzodbek NURMATOV (“Bunyodkor” FK hujumchisi):
- 1 sentyabr arafasida diyorimiz yanada chiroy ocha boshlaydi. Yurtimiz ko'chalarida haqiqiy bayram nafasi hukm suradi. Barcha hamyurtlarimizni ko'tarinki kayfiyatda uchratasiz. Fursatdan foydalanib, hamma o'zbekistonliklarni bayram bilan qutlayman! Barchaga sihat-salomatlik, baxt-saodat tilab qolaman!
Jannatmakon O'zbekiston zaminida tavallud topganim uchun Yaratganga doimo shukr qilib yashayman. Yurtimiz dovrug'ini yanada oshirish, bayrog'imizni bundan-da yuqori cho'qqilarga olib chiqish uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman.

SHohrux GADOEV (“Bunyodkor” FK yarim himoyachisi):

- Barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabriklayman! Barchaga tinchlik-totuvlik, omad va olam-olam quvonchlar tilayman!
Istiqlol bayrami hayotimizdagi eng katta ayyom, degan fikrimga barcha vatandoshlarimiz qo'shilsalar kerak. Hamisha ishingiz baroridan kelsin, azizlar! Hammangizning barcha orzu-umidlaringiz ushalishini tilagan holda, O'zbekistonni bayram shukuhi hech qachon tark etmasin, degan niyatdaman!
Yurtimiz futbolini xalqaro arenalarda o'z o'rniga ega bo'lishi va yuksak marralarni zabt etishiga qo'limdan kelganicha harakat qilaman.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика