"Bunyodkor" davralar oralig'ida Turkiyada yig'in o'tkazadi
28 iyu 2014 14:37
Yangiliklar
"Bunyodkor" davralar oralig'ida Turkiyada yig'in o'tkazadi
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi oliy liga davralar oralig'ida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda xorijda yig'in o'tkazadi.
Aniqrog'i, Sergey Lushan boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" 9 iyuldan Turkiyada yig'in boshlashadi. Ikki haftaga mo'ljallangan ushbu yig'in doirasida bir nechta nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Jamoani tark etishi deyarli oydinlashgan ukrainalik himoyachi Sergey Simonenkoning o'rniga yangi serbiyalik himoyachi jamoada ko'rikdan o'tadi. Agar uning harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, serb futbolchisi ikkinchi davrani "Bunyodkor" safida boshlaydi.

Fikrlar