So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  1 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  3 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

Bugun "Real" - "Tottenxem". Bizni nimalar kutmoqda? Yangiliklar

Bugun "Real" - "Tottenxem". Bizni nimalar kutmoqda?

Bir necha soatdan so'ng, millionlab muxlislar intiqib kutgan o'yin bo'lib o'tadi.
"Santyago Bernabeu"ga Londonning "Tottenxem" klubi mehmon bo'lib keladi. "SHporlar" Dortmundning "Borussiya"si 3:1 hisobida ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etgach, pley-off bosqichiga chiqadiganlar kim bo'lishi oydinlashgandek.

Har ikki jamoa 2 turdan so'ng, olti ochkodan jamg'arishgan. Eng qizig'i, bu ikki jamoaning nafaqat to'plagan ochkolari balki urgan va o'tkazib yuborgan gollari soni ham bir xil. Pochchetino shogirdlari avvalroq aytganimizdek, nemislarni 3:1 hisobida taslim qilgan bo'lsa, guruhning yana bir vakili APOEL darvozasiga javobsiz 3 ta gol yo'lllashga muvaffaq bo'ldilar. O'z navbatida musobaqaning amaldagi g'olibi Zinedin Zidan jamoasida ham raqamlar huddi shunday joylashgan. 

La Ligada biroz qiyinchiliklarga duch kelayotgan "Real"ning CHempionlar Ligasidagi ishlari alo darajada davom etmoqda. Ispaniya chempionatida kuni-kecha endigina birinchi golini urgan Ronaldu ham (4ta gol), qolgan futbolchilar ham o'zini juda yaxshi xis qilmoqda. Musobaqa boshlanishidan avval Peres, Beyl, Zidan aytganidek, jamoa qatorasiga 3-kubok sari odimlamoqda. To'g'ri, hali u niyat amalga oshishiga ancha qovun pishig'i bor va "qaymoqranglilar" mana endi dastlabki jiddiy raqibga duch kelishdi. 

 

Qiziq statistika, to'g'rimi? "Tottenxem" madridliklar bilan bahsda hali birorta ham gol ura olmagan! Bu safar ham anana davom etadimi yoki?

Mehmonlar ham juda yaxshi sport formasida desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ayniqsa, Xarri Keynni (CHempionlar Ligasida 5ta gol!) alohida etirof etish darkor. O'tkazilgan o'yinlar va ularda urilgan gollar bo'yicha ingliz futbolchisi portugaliyalik zambarakdan ham yaxshiroq ko'rsatkichga ega. Xarrini qo'llab turuvchilar ham etarli. Nafaqat klubda samarali harakat qilayotgan, balki JCH saralashida Daniya termasi safida ham gol urishga erishgan Kristian Eriksen, hamda hech bo'lmaganda "Borussiya" darvozasiga ajoyib gol urgani bilan ko'pchilikning yodida qolgan Son Xen Min. Aynan ular diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradigan Dele Allining o'rnini bildirmaslikka harakat qiladilar.

Zamonaviy futbolda nafaqat oldindagilar, balki qanot himoyachilari ham hujumlarni etarlicha qo'llab-quvvatlashi juda muhim hisoblanadi. Bu borada "Real"da muammolar yo'q. Biroq, Dani Karvaxal hamon "o'yindan tashqari holatda". Londonliklar safida esa aksincha, kutilmaganda Ben Devisning o'yini ochilib bormoqda. Uelslik avvalgi tur uchrashuvida shu qadar faol ediki, eplmanager.com virtual futbol o'yyinida hujumchi va hujumkor yarim himoyachilar qolib, aynan u eng ko'p ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Bo'lajak o'yinda Pochchettino ham Bendan juda ko'p narsa kutayotganini sezish qiyin emas. Sababi, murabbiy oxirgi uchrashuvda terma jamoalar o'yinlaridan so'ng biroz toliqqan himoyachi tiklanib olishi va "Real"ga qarshi o'yinga to'liq tayyor bo'lishi uchun barcha sharoitni yaratib berdi.

Zinedin Zidan o'z navbatida jamoa "yuragiga" aylanib ulgurgan Luka Modrichga dam berdi, Isko o'yinga zaxiradan qo'shildi. Bizdagi malumotlarga ko'ra, ularning har ikkalasi CHempionlar Ligasi uchrashuvini ilk daqiqalardan boshlaydi. SHuningdek, jamoa muxlislarini xushnud etgan yana bir yangilik darvozabon Keylor Navas ham jamoaga yordam berishga tayyor.

Mehmonlar tarkibida o'yinlarini sog'inib qolganimiz, Denni Rouz safga qaytdi va jamoasi bilan Madridga uchib kelgan. SHuningdek, markaziy yarim himoyachi Mussa Dembele ham sentyabr oyidan buyon endi maydonga qaytishi kutilmoqda. 

Ko'rib turganingizdek, har ikki jamoa tarkibi deyarli optimal ko'rinishda. Mezbonlar ham va hatto mehmonlar ham g'alaba uchun harakat qilishlari turgan gap. Buni Kristian Eriksenning intervyusidan ham bilib olish qiyin emasdi. SHunday ekan, bizni tarixda qoladigan, ajoyib bellashuv kutib turganiga ishongimiz keladi.         


Hozircha "Real" - "Tottenxem" juftligidagi kurash aynan shunday ko'rinishda.

Umid qilamizki, bugun tunda kim g'alaba qozonishidan qatiy nazar, tomoshabop, kurashlarga va gollarga boy o'yin ko'ramiz.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика