So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  2 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  9 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

Bugun Osiyoning 42ta terma jamoasi Parij Olimpiadasi uchun kurashni boshlaydi Yangiliklar

Bugun Osiyoning 42ta terma jamoasi Parij Olimpiadasi uchun kurashni boshlaydi

Bugun, 6 sentyabr kuni Osiyo qitasida keyingi yil Qatar mezbonlik qiladigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi uchun saralash bahslari start oladi.

2024 yil 15 apreldan - 3 maygacha bo'lib o'tadigan Osiyo kubogida dastlabki uchta o'rinni egallagan 3 terma jamoa Parij Olimpiadasida Osiyo qitasi sharafini himoya qiladi. Bugun Osiyo kubogi uchun saralash boshlanadi. 

Saralashda jami 11ta guruhda jami 42ta terma jamoa 15ta yo'llanma uchun kurashadi. So'nggi 16-yo'llanma mezbon Qatar uchun ajratilgan.

9ta guruhda 4tadan, 2ta guruhda esa 3tadan jamoa ishtirok etadi.

11ta guruhda birinchi o'rinni olgan 11ta jamoa Osiyo kubogiga yo'llanma oladi. Yana 4ta yo'llanma esa guruhlarda eng yaxshi natijaga erishgan ikkinchi o'rin sohiblariga nasib qiladi. Ikkinchi o'rinlar o'rtasidagi eng yaxshi natija qayd etgan jamoalarni aniqlashda guruhda 4-o'rinni olgan jamoalar bilan o'yinlar bekor qilinadi. Sababi "B", "I" va "K" guruhlarida 3tadan jamoa bor. Aslida "B" guruhida Qatar ham bor, lekin uning o'yinlari o'rtoqlik darajasiga tenglashtirilgan va guruh jadvaliga tasir qilmaydi.


"A" guruhi -
Iordaniya, Suriya, Ummon, Bruney

"B" guruhi - Koreya Respublikasi, Myanma, Qirg'iz Respublikasi, (Qatar)

"C" guruhi - Vetnam, Singapur, Yaman, Guam

"D" guruhi - Yaponiya, Bahrayn, Falastin, Pokiston

"E" guruhi - O'zbekiston, Eron, Gonkong, Afg'oniston

"F" guruhi - Iroq, Kuvayt, Timor Leste, Makao

"G" guruhi - BAA, Hindiston, Maldiv, Xitoy

"H" guruhi - Tailand, Malayziya, Bangladesh, Filippin

"I" guruhi - Avstraliya, Tojikiston, Laos

"J" guruhi - Saudiya Arabistoni, Kambodja, Livan, Mongoliya

"K" guruhi - Turkmaniston, Indoneziya, Xitoy Taypeyi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика