Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Paxtakor"
06 avg 2022 12:35
Yangiliklar


Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Paxtakor"
Jizzaxdagi markaziy stadionda "So'g'diyona" va "Paxtakor" o'zaro bahs olib boradi. Bu o'yinga qanday tarif berish mumkin? Turnir jadvalining yuqori o'rinlarida borayotgan jamoalar to'qnashuvi, bir xil ochko to'plagan jamoalar qarama-qarshiligi, chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar o'yini va hokazo.
Turnir jadvalida har ikki jamoa bir xil 26 ochkodan to'plab, ketma-ket o'rinlarni egallab turibdi. "Paxtakor" 13 uchrashuvning 7tasida g'alaba qozonib, 5 bor durang o'ynagan va bir marta mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 19-9.
"So'g'diyona" hisobida esa 13 uchrashuvdan so'ng 8 g'alaba, 2 durang va 3ta mag'lubiyat bor bo'lib, to'plar nisbati 21-13.
Bu jizzaxliklarning uydagi 8-uchrashuvi bo'ladi. "So'g'diyona" shu paytgacha uyda o'tkazilgan 7ta o'yindan to'rttasida zafar quchib, bir marta durang qayd etgan va ikki uchrashuvda mag'lub bo'lgan.
"So'g'diyona" uyda:
"Dinamo" - g'alaba, 1:0
"Olimpik" - durang, 1:1
"Metallurg" - g'alaba, 2:0
"Nasaf" - mag'lubiyat, 1:2
"Qo'qon-1912" - g'alaba, 3:0
"Qizilqum" - mag'lubiyat, 0:3
"Bunyodkor" - g'alaba, 2:0
Bilasizmi? "So'g'diyona" oxirgi uch turda ikki bor g'alaba qozonib, bitta o'yinda imkoniyatni boy berdi.
"Paxtakor" haqida to'xtaladigan bo'lsak, bugun "sherlar" safardagi 8-bahsda maydonga tushadi. Jamoa bungacha 7ta o'yinning 4tasida g'alaba qozonib, 3 bor durang qayd etgan. "Paxtakor" safarda hali mag'lub bo'lgani yo'q.
"Paxtakor" safarda:
"Dinamo" - g'alaba, 2:0
"Olimpik" - durang, 1:1
"Metallurg" - g'alaba, 2:0
"Nasaf" - durang, 0:0
"Qo'qon-1912" - durang, 1:1
"Lokomotiv" - g'alaba, 2:0
"Qizilqum" - g'alaba, 2:0
Fakt: "Paxtakor" safardagi oxirgi ikkita g'alabasini bir xil 2:0 hisobi bilan yakunlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar