So’nggi yangiliklar

20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  0 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  3 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  0 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  1 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  5 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  6 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  7 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  36 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2

Bugun futbol. "Nasaf" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Lokomotiv"

Teglar :  Nasaf Lokomotiv
Bugun, 26 may kuni Qarshidagi markaziy stadionda Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" bahsi bo'lib o'tadi.

Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. Quyida o'yinga oid bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 


"Nasaf"

- "Nasaf" turnir jadvalida 14 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning to'plar nisbati 14-9

- Bugun "Nasaf" o'z maydonida 6-uchrashuvini o'tkazadi. Ortda qolgan besh o'yinda qarshiliklar 3 marta g'alaba qozonib, bittadan durang va mag'lubiyat qayd etishdi. 

- "Nasaf" o'z uyida 10ta gol urib, 3ta to'p o'tkazib yuborgan. 

- "Nasaf" oxirgi to'rtta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti. 

- Oxirgi to'rtta bellashuvda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari uch marta g'alaba qozonib, bir bor durang o'ynashdi. 

- "Nasaf" oxirgi ikki turni Qarshida o'tkazib, "Qizilqum" bilan 1:1 o'ynadi va "Qo'qon-1912"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

- "Nasaf"ning eng yaxshi to'purari Xumoyun Murtazoev bo'lib turibdi, uning hisobida 7ta gol bor. 


"Lokomotiv"

- "Lokomotiv" musobaqa jadvalida 18 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. Jamoaning to'plar nisbati 15-7

- "Lokomotiv" shu paytgacha safarda 3ta o'yin o'tkazib, bittadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etdi. 

- "Lokomotiv" safar o'yinlarida uchta gol urib, o'z darvozasidan ham shuncha gol o'tkazgan.

- "Lokomotiv" oxirgi uchta o'yinni durang bilan yakunladi. "Temiryo'lchilar" safarda "Metallurg" va uyda "Qo'qon-1912", "Bunyodkor"ni enga olishmadi. 

- "Loko" oxirgi marta 6-turda g'alaba qozongan. Jamoa o'z maydonida "Qizilqum"ni 3:1 hisobida engdi. 

- "Lokomotiv" shu paytgacha "Nasaf"ga qarshi 28 o'yin o'tkazib, shundan 9tasida g'alabaga erishgan. 

- "Loko"ning Superligadagi eng yaxshi to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov bo'lib turibdi. Uning hisobida 6ta gol bor. 


Oxirgi 5 o'yin

2018 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 2:1 

2017 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 2:0 

2016 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 1:2 

2015 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 1:0 

2014 y. "Nasaf" - "Lokomotiv" 2:5

Qarshida bo'lib o'tgan oxirgi beshta o'yinning uchtasida maydon egalari zafar quchgan. SHuningdek, ikki bor "Loko" g'alaba bilan qaytgan. Hozircha durang qayd etilmagan. To'plar nisbati 8-8.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика