So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  1 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  6 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Hujumkor o'yin namoyish etib, chiroyli g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hujumkor o'yin namoyish etib, chiroyli g'alabaga erishdik"

Superliga 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

"Birinchi bo'limda raqib yaxshi himoyalandi. Tanaffusda esa pozicion hujumlar orqali hujumchilarimizga to'pni etkazib berishimiz kerakligini aytdim. Buni uddalay oldik ham. Natijani ko'rib turibsiz, hujumkor o'yin namoyish etib, chiroyli g'alabaga erishdik" - deya fikr bildirdi Ro'ziqul Sadullaevich bugungi bahs haqida.


- Bugun futbolchilar uzoqdan ko'plab zarbalar berishdi. Bu "Nasaf"ga xos bo'lmagan jihat. Futbolchilarga siz shunday ko'rsatma berdingizmi?

- Bugun bizdan shu narsa talab qilinar edi. Statistikaga etibor bersangiz, eng ko'p zarba beradigan jamoa bizmiz. Шunday davom etishimiz kerak. Futbolchilarga shoshilmaslik kerakligini aytgan edim.

- Alibek Davronovni ikkinchi bo'limda maydonga tushirdingiz. Ushbu haqda gapirib o'tsangiz...

- Tajribali himoyachimiz jarohat tufayli ancha vaqt o'ynamadi. Endi uni mana shunday o'yinlar orqali optimal sport formasiga keltirib olishimiz kerak. Alibek terma jamoada o'ynashga loyiq futbolchi.

- Hebay jarohatidan forig' bo'lib maydonga qaytdi. Hebay penaltini amalga oshirishiga nima sabab bo'ldi? Siz Rubinga penaltini ijro etish imkoniyatini taqdim etdingizmi?

- U o'zi penaltini ishladi va ijro etdi. Reja bo'yicha 11 metrlik zarbalarni Husayn amalga oshirishi kerak, lekin Rubin o'zi penalti ishlagani sabab o'zi ijro etdi. Qishda o'tkazgan yig'inlarimizdan birida u shunday imkoniyatdan foydalana olmagan edi va shu sababli biroz qo'rquv ham bor edi, lekin u zarbani ajoyib amalga oshirdi.

- Hebay bugun juda ham ishtiyoq bilan harakat qildi. U asosiy tarkibga qaytmoqchimi?

- Rubin ko'p vaqt o'ynamadi, shu sababli unda ishtiyoq yuqori. Har bir futbolchi mana shunday o'ynashi kerak. Penaltidan ko'ra o'sha vaziyatdan foydalanganida yaxshiroq bo'lar edi.

- Umar Eshmurodovda xatolar kuzatilayotgandek...

- Eshmurodov jamoaga juda ko'p yordam beradi. Ayrim bir vaziyatlarda markaziy himoyachilar katta bosim ostida qoladi va shu sababli xatolar kuzatilishi mumkin.

- "Xorazm"ga qarshi o'yinda ham ushbu tarkib bo'ladimi yoki yangi tarkib tanlanadimi?

- Biz "Xorazm" bilan Jizzaxda o'ynaymiz. Biz o'yin kuni tarkib tanlaymiz, sababi qaysi futbolchilar o'yinga yaxshiroq tayyor ekanligi o'sha kuni malum bo'ladi. Qanday tarkib tanlashimizdan qati nazar g'alaba qozonish haqida o'ylashimiz kerak.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика