Bugun "Eng tez liga"da SHomurodov o'z ishtirokini boshlaydi
28 mar 2020 13:57
Yangiliklar
Bugun "Eng tez liga"da SHomurodov o'z ishtirokini boshlaydi
RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishadi.
Markaziy o'yin deya "Zenit" (Artyom Dzyuba) va CSKA (Yak Biyol) o'rtasidagi bahs tilga olinmoqda.
Ammo, bugun bizga muhimroq bo'lgan o'yin ham bo'lib o'tadi. Aniqrog'i, "Rostov" nomidan qatnashayotgan hamyurtimiz Eldor SHomurodov "Sochi" sharafini himoya qilayotgan Noboaga qarshi videoo'yinda kuch sinashadi.
"Eng tez liga". 23-tur
"Ural" (Tatarinov va Mamin) – "Rubin" (Kvaracxeliya)
"Sochi" (Noboa) – "Rostov" (SHomurodov) (Toshkent vaqti bilan soat 19:00da)
"Krilya Sovetov" (Molchanov) – "Axmat" (Maxaev)
CSKA (Biyol) – "Zenit" (Dzyuba)
SHomurodov RPL yulduzlari ishtirokidagi onlayn-turnirda "Rostov" nomidan ishtirok etadi
Fikrlar