Shomurodov RPL yulduzlari ishtirokidagi onlayn-turnirda "Rostov" nomidan ishtirok etadi

Alisher
27 mar 2020, 13:30
"Rostov"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari Eldor Shomurodov rostovliklar nomidan onlayn-turnirda ishtirok etadi.

Pro Evolution Soccer (PES) futbol simulyatorida "Eng tez liga" onlayn-turniri tashkil etiladi. Turnir Sports.ru portali tomonidan tashkil etilmoqda.

Futbolchilar to'xtab qolgan mavsumni 23-turdan PES'da davom ettirishadi. "Eng tez liga"da ikki xil jadval bo'ladi: birinchisi - chempionat, ikkinchisi esa 8ta o'yinlik alohida jadval.

Turnirda Artyom Dzyuba ("Zenit"), Yaka Biyol (SSKA), Kristian Noboa ("Sochi"), Dmitriy Kopincev ("Dinamo") va boshqalar ishtirok etadi.

Start - 28 martda, final esa 5 aprel (yakshanba)ga belgilangan. O'yinlarning translciyasi o'yin boshlanishidan oldin taqdim etiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fc-rostov.ru