So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Brunu Fernandesh: "Hakamlar ham intervyu berishlari kerak. Oliverning bizdan uzr so'rashini kutgandim" Yangiliklar

Brunu Fernandesh: "Hakamlar ham intervyu berishlari kerak. Oliverning bizdan uzr so'rashini kutgandim"

"Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik, eng avvalo men foydalanmadim. Men hisobni ochishim mumkin edim, biroq zarbam noaniq ketdi. Gollar urish, raqib darvozasi yonida doimo effektiv bo'lish kerak. "Vulverxempton"ga qarshi o'tgan o'yinda biz ko'p gol urmadik, chunki vaziyatlarimiz ham ko'p bo'lmagandi. Bazida ko'p narsa sening qancha vaziyatga ega bo'layotganingda emas, balki uning qanchasidan foydalanishingga bog'liq bo'lib qoladi.

Penalti? Savolni hakamning o'ziga bering. Ular ham intervyu berishlari va barcha vaziyatlarni tushuntirishlari kerak.

Bu penalti edi. Uni barcha ko'rdi, bahona qilish kerak emas. O'tgan turda "Yunayted" darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi deb ovoza ko'tarishdi. O'shanda ham kutdim, ular nima der ekan deb. "Vulverxempton" murabbiylarining aytishiga ko'ra, Jonatan Moss kiyim almashtirish xonasiga kirib, futbolchi va murabbiylardan belgilanmagan penalti uchun uzr so'ragan. Men ham Oliverdan shuni kutgandim", - dedi Brunu Fernandesh.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика