Breaking! Koreya Respublikasi ham 2031 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilmoqchi
28 fev 14:00
Yangiliklar


Breaking! Koreya Respublikasi ham 2031 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilmoqchi
Koreya futbol associaciyasi (KFA) 2031 yilda Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish niyatida ekanligini malum qildi.
Koreya tomonining malum qilishicha, ular payshanba kuni OFKga ariza yuborgan.
Malumot uchun, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati juma edi.
Mamlakat Osiyo Kubogini oxirgi marta 1960 yilda, so'nggi chempionligini nishonlagan paytda o'zida o'tkazgan.
Xabaringiz bor, Osiyo Kubogi-2031 musobaqasini O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi birgalikda o'tkazish niyatida. Shuningdek, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt va Indoneziya ham o'z arizalarini OFKga taqdim etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar