U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur'a tashlandi. O'zbekiston Koreya Respublikasi va Eron bilan bir guruhda

Narzulla Saydullayev
2 okt 2025, 12:25
2026 yilning 7–25-yanvar kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra O'zbekiston U-23 terma jamoasi Koreya Respublikasi, Eron va Livan bilan "C" guruhidan joy oldi. Bu guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar chorak finalda "D" guruhidagi ikkita jamoaga qarshi o'ynaydi. 


"A" guruhi: Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Qirg'iziston.

"B" guruhi: Yaponiya, Qatar, BAA, Suriya. 

"C" guruhi: O'zbekiston, Koreya Respublikasi, Eron, Livan.

"D" guruhi: 
Iroq, Avstraliya, Tailand, Xitoy.


O'zbekistonning guruhdagi taqvimi: 

1-tur O'zbekiston - Livan 

2-tur Eron - O'zbekiston 

3-tur O'zbekiston - Koreya Respublikasi


Osiyo kubogi 2026 yilning 7–25-yanvar kunlari Saudiya Arabistonining Jidda va Ar Riyod shaharlaridagi ikkitadan stadionda bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqa Olimpiadaga yo'llanma bermaydi. Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi ishtirok etadi. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia