Braziliya TJning taniqli darvozabonlaridan biri “Liverpul” murabbiylar shtabiga kirdi

Eldor Akmurzayev
1 dek 2021, 09:20
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Braziliya terma jamoasi sobiq kiperi Klaudio Taffarel “Liverpul” murabbiylar shtabidan joy oldi.

55 yoshli mutaxassis darvozabonlar murabbiyi sifatida ish olib boradi. U Jon Axterberg hamda Jek Robinson bilan birga hamkorlikda ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, Taffarel 1987-1998 yillar davomida Braziliya termasi darvozasini qo'riqlagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: liverpoolfc.com