So’nggi yangiliklar

13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  4 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  13 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  8 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  0 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  7 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  20 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  1

APL. "Manchester Yunayted" so'nggi soniyalarda penaltidan urilgan gol sabab g'alaba qozondi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" so'nggi soniyalarda penaltidan urilgan gol sabab g'alaba qozondi

Angliya Premer-ligasi 3-tur doirasidagi "Brayton" - "Manchester Yunayted" o'yini yakunlandi.

APL. 3-tur.

"Brayton" – "Manchester Yunayted" 2:3 

Gollar: 1:0 – 40, penalti Mope, 1:1 – 43, avtogol Dank, 1:2 – 55 Reshford, 2:2 - 95 March, 2:3 - 97 Fernandesh.

"Brayton" – Rayan, Uebster, Dank, Uayt, Lempti, Lallana (Gross, 75), March, Alsate, Trossard, Mope, Konnolli (Jahonbahsh, 75).

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, SHou, Lindelef, Maguayr, Pogba (Fred, 65), Brunu Fernandesh, Matich, Marsyal (van de Bek, 90), Grinvud (Bayi, 83), Reshford.

Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh (22), Matich (41), Trossard (42), Uayt (74), Dank (83).

YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+7. GOL! Fernandesh penaltini amalga oshirib g'alabani ilib ketmoqda!

90+6. O'yin tugadi. Lekin hakam VARga murojaat qilmoqda. So'nggi hujumda to'p "Brayton" himoyachisining qo'liga tegdi. Hakam tugagan o'yinni yana qayta boshlaydi va MYU penalti tepadi!

90+5. GOOOL! March so'nggi daqiqada De Xea darvozasini ishg'ol etib, hisobni tenglashtirmoqda!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90. Marsyal o'rniga van de Beyk o'yinni tugatib qo'yadi.

85. Marchning chap oyoqda bergan kuchli zarbasi noaniq. 

83. Grinvud o'rniga Beyli o'yinni davom ettiradi.

82. Dank raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

76. Zarbaaa! Uchinchi marotaba! Bu safar to'p darvoza to'siniga tegdi! "Brayton" futbolchisidan yana bir marotaba omad yuz o'girdi!

74. "Brayton"da ikkita o'zgarish. Konnolli o'rniga Jahonbahsh, Lallana o'rniga Gros o'yinni davom ettiradi.

73. Ben Uaytga sariq kartochka. 

65. Pogba o'rniga Fred maydonga tushdi.

60. Zarbaaa! Marchning bergan zarbasi yana darvoza ustuniga tegmoqda!

58. Mezbonlar o'tkazib yuborilgan goldan so'ng oldinga o'tishmoqda.

55. GOOOL!!! Reshford! Raqib jarima maydonchasi ichida uch marotaba aldamchi harakatlarni amalga oshirdi va gol kiritdi 1-2! Ajoyib gol!

53. Yo'q. Gol hisobga olinmadi. Offsayd!

52. GOOOL! Reshford! CHap qanotdan etkazib berilgan to'pni u raqib darvozasiga yo'llab qo'ydi. 

49. Penalti bekor qilindi. Pogbaning sariq kartochkasi esa bekor qilindi.

48. Hakam VARga murojaat qilmoqda.

46. Penalti! Pogba Konnollini yiqitdi. Franciyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

46. Grinvudga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam birinchi taymga ikki daqiqa vaqt qo'shib berdi.

43. GOOOL! Maguayr jarima zarbasidan keyin yuzaga kelgan vaziyatdan so'ng hisobni tenglashtirdi - 1:1! Ushbu gol avtogol sifatida Dank hisobiga ezildi.

42. Trossard Grinvudni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

41. Matichga sariq kartochka. 

40. GOOOL! Mope "parashyut" uslubida raqib darvozasini ishg'ol qildi! De Xeani ustidan kulishdi!

39. Penalti! Fernandesh Lemptiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.

38. Manchesterliklar oldinga intilishmoqda.

33. GOOL! MYU futbolchilari hisobni ochishgandi. Lekin ushbu gol o'yindan tashqari holat sabab hisobga olinmadi. 

25. "Brayton" futbolchilari bosim uyushtirishgandi. Ammo vaziyat "offsayd" bilan yakunlandi.

22. Fernandesh Mopega nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi.

21. Trossarddd! Uning yana bir zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Ammo biroz noaniq. 

19. Fernandeshning etkazib bergan to'pini Marsyal raqib darvozasiga yo'llay olmadi. Ushbu vaziyatda "Brayton" himoyachilari unga halal berib qolishdi.

17. Grinvudning chap oyoqda bergan zarbasi noaniq. 

13. O'yin tempi o'rtacha.

9. Zarbaaa! Trossardning bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

3. To'p nazorati asosan "Manchester Yunayted" futbolchilarida.

- UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun APL 3-turi doirasida "Brayton" hamda MYU jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni birgalikda kuzatamiz. 


Brighton & Hove Albion

Neal Maupay - 40', Solly March - 90'

Premier League . 3-tur

26/09/2020, 17:30

3
:
2
Tugadi

Manchester United

Lewis Dunk - 43', Marcus Rashford - 55', Bruno Fernandes - 90'

Stadion: 0 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
40'  Neal Maupay
42'  Leandro Trossard
74'  Ben White
75'  Aaron Connolly (Alireza Jahanbakhsh)
75'  Adam Lallana (Pascal Gross)
83'  Lewis Dunk
90'  Solly March
90'  Alireza Jahanbakhsh
90'  Alireza Jahanbakhsh
22'  Bruno Fernandes
41'  Nemanja Matic
43'  Lewis Dunk
47'  Paul Pogba
49'  Paul Pogba
52'  Marcus Rashford
55'  Marcus Rashford
55'  Bruno Fernandes
65'  Paul Pogba (Fred)
83'  Mason Greenwood (Eric Bailly)
90'  Anthony Martial (Donny van de Beek)
90'  Bruno Fernandes


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика