"Borussiya" "Leypcig" yarim himoyachisi Zabitcer uchun davogarlik qilmoqda
07 iyu 2021 15:18
Yangiliklar
"Borussiya" "Leypcig" yarim himoyachisi Zabitcer uchun davogarlik qilmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi "Leypcig" yarim himoyachisi Marsel Zabitcerga qiziqmoqda.
"Arilar" avstriyalik futbolchining 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirishni xohlamayotganidan foydalanib qolmoqchi.
Futbolchining tovon puli 50 mln evro, ammo "Leypcig" shartnoma vaziyati sabab uni 20 million evroga qo'yib yuborishi mumkin.
Zabitcer 2020/21 yilgi mavsum "Leypcig" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar