"Borussiya" Dortmund Mukokoga yangi shartnoma taklif etdi
12 noy 2022 00:49
Yangiliklar


"Borussiya" Dortmund Mukokoga yangi shartnoma taklif etdi
"Manchester Siti", PSJ, "CHelsi", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Barsa" vaziyatni kuzatib bormoqda.
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchi Yussufa Mukokoni jamoada saqlab qolish niyatida.
Dortmundliklar 17 yoshli germaniyalik futbolchiga 2027 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishdi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Mukokoning amaldagi shartnomasi muddati 2023 yil 30 iyun kuni tugaydi. Hujumchi "Borussiya" bilan kelishuvini yangilash uchun 18 yoshga to'lishini (bu 20 noyabrda bo'ladi) kutmoqda.
Manbaga ko'ra, Mukoko atrofidagi vaziyatni nafaqat "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Barselona", balki "Manchester Siti", PSJ va "CHelsi" ham kuzatmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar