"Borussiya D" "Kyoln" hujumchisini xarid qiladi
07 avg 2022 23:56
Yangiliklar


"Borussiya D" "Kyoln" hujumchisini xarid qiladi
"Asalarilar" Sebastyan Alle o'rnini boshqa futbolchi bilan to'ldiradi.
Jurnalist Santi Aunaning takidlashicha, "Kyoln" hujumchisi Antoni Modest tez orada dortmundliklar safiga qo'shiladi. U saratonga chalingan va nomalum muddatga safdan chiqqan Sebastyan Allening o'rnini egallashi kutilmoqda.
34 yoshli Modestning transfer summasi taxminan 6 million evroni tashkil qilishi kerak.
Modest o'tgan mavsum Germaniya chempionatida 32 ta uchrashuvida 20 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar