"Real" bosh murabbiyi ikki himoyachiga ishonmayapti
22 avg 2025 17:06
Yangiliklar
"Real" bosh murabbiyi ikki himoyachiga ishonmayapti
Madridning "Real" jamoasi himoyachilari David Alaba va Antonio Ryudiger joriy mavsum oxirida jamoani tark etadi.
Bu haqda "Bernabeu Digital" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchilar "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning uzoq muddatli rejalariga kiritilmagan. Mutaxassis afzal ko'rgan markaziy himoyachilar juftligi – Din Xyoysen va Eder Militao.
Qolaversa, klub germaniyalik va avstriyalik futbolchining tez-tez jarohat olishidan norozi. "Real" futbolchilarga yozda ketishni taklif qilgan, ammo ular rad etgan.
Demak, futbolchilar bir yildan keyin “Real”ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Har ikki himoyachining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha hisoblangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar